Shoximardonov Shoxijaxon Shoximardonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epileptik ensefalopatiya bilan og‘rigan bemorlarda uyqu holatida davomiy pik-to‘lqin faolligini diagnostika va maqsadli terapiyaga yondashuvlarni optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3825.
Ilmiy rahbar: Tuychibaeva Nodira Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Mirxotam Mirxashimovich,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: epileptik ensefalopatiyali bemorlarda uyquda kuzatiluvchi davomli spayk–to‘lqin aktivligini aniqlash va baholashning zamonaviy usullarini optimallashtirish, shuningdek klinik, neyrofiziologik va etiologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda target terapiya uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DEE-SWAS da uyqu vaqtida epileptiform faollik darajasi (SWI), neyropsixologik testlar (Stanford–Binet, SB-5) natijalari hamda bosh miyadagi struktur o‘zgarishlar (HARNESS- MRT protokoli) o‘rtasidagi aniqlangan ishonchli korrelyasion aloqalar orqali neyrofiziologik buzilishlarning kasallik og‘irligi va kognitiv defisit ifodalanish darajasiga ta’siri isbotlangan;
uyqu paytida davomli spayk-to‘lqinli faollik bilan kechuvchi rivojlanish epileptik ensefalopatiyasi (DEE-SWAS) bo‘lgan bemorlarning klinik-nevrologik, neyrofiziologik va neyrovizualizatsion(HARNESS-MRT) belgilari majmuasiga asoslangan to‘liq ekzomli sekvenirlash usuli uchun tanlab olish ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan;
to‘liq ekzomli sekvenirlash asosida o‘zbek millatli DEE-SWAS bo‘lgan bemorlarda genetik variantlar shakllantirib, ushbu tanlanma doirasida genotip–fenotip mosliklari aniqlangan;
DEE-SWAS da kompleks diagnostik yondashuv va davolash rejasi klinik-neyrofiziologik,neyrovizualizatsion va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarning integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Epileptik ensefalopatiyali bemorlarda uyquda davomli spayk-to‘lqin aktivligi tashhisini optimallashtirish va target terapiyaga yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: DEE-SWAS da uyqu vaqtida epileptiform faollik darajasi (SWI), neyropsixologik testlar (Stanford–Binet, SB-5) natijalari hamda bosh miyadagi struktur o‘zgarishlar (HARNESS- MRT protokoli) o‘rtasidagi aniqlangan ishonchli korrelyasion aloqalar orqali neyrofiziologik buzilishlarning kasallik og‘irligi va kognitiv defisit ifodalanish darajasiga ta’siri bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-martda №08-son bilan tasdiqlangan «Uyquda davomli spayk-to‘lqin aktivligi bilan kechuvchi epileptik ensefalopatiya tashxis va davolashini optimallashtirish: SWI hisoblash usulining klinik samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy neyroxirurgiya tibbiy markazining 02.05.2025 yildagi №63 son, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi 01.05.2025 yildagi №61 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.Ijtimoiy samaradorligi: EEG natijalarini talqin etishda spayk-to‘lqin aktivligini hisoblash usuli vizual tahlilga nisbatan ertaroq tashxis qo‘yish imkonini berib,bemorlarning motor, kognitiv, xulq-atvor va nutq faoliyatining yaxshilanishi va nogironlik darajasini kamaytiradi.Bu esa bemorning ijtimoiy hayotda qatnashish qobiliyati uzoqroq saqlanishi hamda ijtimoiy adaptasiya jarayonini engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bolaga samarasiz vizual EEG tahlili uchun davlat tomonidan 120000 so‘m sarflansa, 60 nafar bolada funksional imkoniyatlar yaxshilanishi hisobiga 7200000 so‘m ijtimoiy xarajatlar iqtisod qilinadi. Xulosa: DEE-SWAS bo‘lgan bemorlarni erta tashxis qilish uchun EEG tadqiqot natijalarini talqin etishda spayk-to‘lqin aktivligi hisoblash usuli 60 nafar bemorda funksional imkoniyatlar yaxshilanishi hisobiga 7200000 so‘m ijtimoiy xarajatlarni tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: uyqu paytida davomli spayk-to‘lqinli faollik bilan kechuvchi rivojlanish epileptik ensefalopatiyasi (DEE-SWAS) bo‘lgan bemorlarning klinik-nevrologik, neyrofiziologik va neyrovizualizatsion(HARNESS-MRT) belgilari majmuasiga asoslangan to‘liq ekzomli sekvenirlash usuli uchun tanlab olish ko‘rsatmalari bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-martda №08-son bilan tasdiqlangan «Uyquda davomli spayk-to‘lqin aktivligi bilan kechuvchi epileptik ensefalopatiya tashxis va davolashini optimallashtirish:SWI hisoblash usulining klinik samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy neyroxirurgiya tibbiy markazining 02.05.2025 yildagi №63 son, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi 01.05.2025 yildagi №61 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.Ijtimoiy samaradorligi:ushbu tadqiqotda WES qo‘llanilishi motor, kognitiv, xulqiy va nutqiy faoliyatdagi o‘zgarishlarni bashorat qilish va terapiyani to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini bergan. Bu kabi yondashuvlar bemorning hayot sifatini yaxshilash, shifokorlarga tashxis va davo jarayonida aniq yo‘nalish berish, sog‘liqni saqlash tizimida samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: Bir bolaga 300000 so‘m miqdoridagi ijtimoiy nafaqa tayinlansa, funksional holati yaxshilanganda 60 bolada jami 18000000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: DEE-SWAS bo‘lgan bemorlarni orasidan, tanlab olib, to‘liq ekzom sekvenirlash (WES) usulini qo‘llash 60 bolada ijtimoy nafaka olishni kamaytirish xisobiga jami 18000000 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: to‘liq ekzomli sekvenirlash asosida o‘zbek millatli DEE-SWAS bo‘lgan bemorlarda genetik variantlar shakllantirib, ushbu tanlanma doirasida genotip–fenotip mosliklari bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-martda №08-son bilan tasdiqlangan «Uyquda davomli spayk-to‘lqin aktivligi bilan kechuvchi epileptik ensefalopatiya tashxis va davolashini optimallashtirish: SWI hisoblash usulining klinik samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy neyroxirurgiya tibbiy markazining 02.05.2025 yildagi №63 son, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi 01.05.2025 yildagi №61 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuv og‘ir nevrologik asoratlar, kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni kamaytirishga, antiepileptik davolash samaradorligini oshirishga hamda dorilarga rezistent holatlarni qisqartirishga imkon beradi. Natijada bemor bolalarning hayot sifati, ijtimoiy moslashuvi va ta’lim olish imkoniyatlari yaxshilanadi, oilalarga tushadigan tibbiy-ijtimoiy hamda iqtisodiy yuklama kamayadi. Shu bilan birga, tadqiqot Respublikada bolalar epilepsiyasining og‘ir shakllarini o‘rganish uchun milliy genetik ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, tibbiy-genetik maslahat sifatini oshirishga va sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy molekulyar-genetik diagnostika usullarini amaliyotga joriy etishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erta aniqlash bir bemorga 3500000 so‘m/yilgacha tejamkorlik beradi. 60 bemor uchun umumiy 210000000 so‘m yiliga iqtisod qilinadi. Xulosa: to‘liq ekzomli sekvenirlash bolalarda og‘ir asoratlarni kamaytirib, davolash samaradorligi va hayot sifatini oshiradi. Erta tashxis esa 60 bemor miqyosida yiliga 210000000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: DEE-SWAS da kompleks diagnostik yondashuv va davolash rejasi klinik-neyrofiziologik,neyrovizualizatsion va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarning integratsiyasi asosida optimallashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-martda №08-son bilan tasdiqlangan «Uyquda davomli spayk-to‘lqin aktivligi bilan kechuvchi epileptik ensefalopatiya tashxis va davolashini optimallashtirish: SWI hisoblash usulining klinik samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy neyroxirurgiya tibbiy markazining 02.05.2025 yildagi №63 son, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi 01.05.2025 yildagi №61 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan.Ijtimoiy samaradorligi: personallashtirilgan yondashuv va target terapiya qo‘llanishi xurujlarning to‘xtatilishi, kasallik natijalarining yaxshilanishi, davo va reabilitatsiya uchun zarur vaqt hamda ijtimoiy resurslarni qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Erta tashxis qilingan bir bemorni davolash xarajati bir yilda 4200000 so‘m; Kechikkan tashxis bilan bir bemorni davolash xarajati bir yilda 6800000 so‘m; Xurujlarni to‘liq to‘xtatish orqali bir bemorda iqtisodiy samara bir yilda 5100000 so‘m. Jami iqtisodiy samaradorligi bir yilda 7700000 so‘m bir bemorga to‘g‘ri keladi. Xulosa: DEE-SWAS bilan bemorlarda personallashtirilgan terapiya xurujlar soni va kuchini kamaytirish orqali 60 bemorda 1 yil davomida 462000000 sum ijtimoiy xarajatlarni tejash imkonini beradi.