Erkinova Sarafroz Aftondilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arteriovenoz mal`formatsiyalarning nevrologik asoratlarining klinik, molekulyar va genetik jihatlari va diagnostik optimallashtirish masalalari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3567.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi). 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosh miya arteriovenoz mal`formatsiyalarida nevrologik asoratlar va nogironlik xavfini prognoz qilish imkonini beruvchi klinik-molekulyar-genetik omillarni aniqlash hamda reabilitatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arteriovenoz mal`formatsiyalari bilan kasallangan bemorlarda CDKN2B, CDKN2A, BDNF va MMP3 genlaridagi polimorfizmlar nevrologik asoratlar rivojlanish xavfining ortishi bilan o‘zaro bog‘liqligi va mazkur genetik o‘zgarishlar kasallikning klinik kechishi xususiyatlari va og‘irlik darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
arteriovenoz mal`formatsiyalari bilan kasallangan bemorlarda CDKN2B genining C alleli va BDNF genining T alleli mavjudligi klinik prognozni og‘irlashtiruvchi molekulyar-genetik determinant ekani isbotlangan;
MMP3 geni G/G genotipining anevrizmalar rivojlanishidagi prognostik mezonlari, shuningdek, BDNF genidagi T/T genotipi hamda BDNF (rs6265) va CDKN2B (rs1333040) genlaridagi T allelining arteriovenoz mal`formatsiyalar o‘lchamiga bog‘liqligi isbotlangan; 
arteriovenoz mal`formatsiya bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan profilaktik va diagnostik yondashuvlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Arteriovenoz mal`formatsiyalari bo‘yicha olingan klinik-nevrologik va molekulyar-genetik tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: arteriovenoz mal`formatsiyalari bilan kasallangan bemorlarda CDKN2B, CDKN2A, BDNF va MMP3 genlaridagi polimorfizmlarni hisobga olgan holda kasallik klinik kechishi va nevrologik asoratlar rivojlanish xavfini baholashga qaratilgan differensial diagnostika strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 23 apreldagi 03/349-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Arteriovenoz malformatsiyalarning nevrologik asoratlarining klinik-molekulyar-genetik jihatlari va diagnostik optimallashtirish masalalari» nomli metodik tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Olingan ma’lumotlar Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 8 maydagi 66-sonli buyrug‘i va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 27 maydagi 82-sonli buyrug‘i asosida klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘rsatilgan genetik polimorfizmlar va arteriovenoz mal`formatsiyalar rivojlanish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, potensial noxush prognozga ega bemorlarni ajratib olish imkonini beradi, bu esa erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida neyroxirurgik taktikani qo‘llashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘rsatilgan polimorfizmlar tahlilini o‘z ichiga olgan molekulyar-genetik tadqiqotlarni joriy etish 100 ta tekshirilgan bemor misolida umumiy xarajatlarni 2,2% ga (taxminan, 80 million so‘mga) kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: o‘tkazilgan tahlil CDKN2B, CDKN2A, BDNF va MMP3 polimorfizmlarining AVM bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik asoratlar xavfini shakllantirishda muhim rolini namoyon qildi. Aniqlangan qonuniyatlar kasallikning patogenetik tuzilishini aniqlashtirish, klinik-diagnostik algoritmni takomillashtirish va bashoratni baholash hamda davolash taktikasini tanlashda personallashtirilgan yondashuvlarni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: arteriovenoz mal`formatsiyalari bilan kasallangan bemorlarda CDKN2B genining C alleli va BDNF genining T alleli mavjudligi klinik prognozni og‘irlashtiruvchi molekulyar-genetik determinant ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 23 apreldagi 03/349-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Arteriovenoz mal`formatsiyalarning nevrologik asoratlarining klinik-molekulyar-genetik jihatlari va diagnostik optimallashtirish masalalari» nomli metodik tavsiyanomalarda o‘z aksini topgan. Olingan ma’lumotlar Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 8 maydagi 66-sonli buyrug‘i va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 27 maydagi 82-sonli buyrug‘i asosida klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning og‘ir kechishiga olib keluvchi genetik markerlarni aniqlash asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta prognozlash va maqsadli kuzatish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostik algoritm tarkibida ko‘rsatilgan genetik prediktorlardan foydalanish sog‘liqni saqlash resurslarini taqsimlashni optimallashtirish, shoshilinch kasalxonaga yotqizish va uzoq muddatli statsionar davolanish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. 100 nafar bemorni tekshirishda prognoz qilinayotgan tejamkorlik, taxminan, 80 million so‘mni tashkil etib, bu molekulyar-genetik yondashuvni klinik amaliyotga joriy etishning asosli ekanligini tasdiqladi. Xulosa: o‘tkazilgan tahlil (CDKN2B rs1333040)ning C alleli va (BDNF rs6265)ning T alleli AVMning og‘ir klinik namoyonlarini yuzaga keltiruvchi genetik bashoratchisi sifatida muhim rolini isbotladi. Aniqlangan assotsiatsiyalar kasallikning murakkab kechishining patogenetik asoslarni kengaytirish bilan birga, yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va davolash-tashxislash tadbirlarini optimallashtirishga qaratilgan prognostik modellarni joriy etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: MMP3 geni G/G genotipining anevrizmalar rivojlanishidagi prognostik mezonlari, shuningdek, BDNF genidagi T/T genotipi hamda BDNF (rs6265) va CDKN2B (rs1333040) genlaridagi T allelining arteriovenoz mal`formatsiyalar o‘lchamiga bog‘liqligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 23 aprelda tasdiqlangan bayonnomasi № 03/349 raqamli bo‘lgan «Arteriovenoz mal`formatsiyalarning nevrologik asoratlarining klinik-molekulyar-genetik jihatlari va diagnostik optimallashtirish masalalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritildi. Olingan ma’lumotlar 2025 yil 08.05 dagi 66-sonli (Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) va 2025 yil 27.05 dagi 82-sonli (Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi) buyruqlariga muvofiq amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: anevrizma komponenti va AVM o‘lchamlari bilan bog‘liq molekulyar-genetik markerlarni aniqlash hayotga xavf soluvchi asoratlarning rivojlanish xavfliligi darajasi bo‘yicha bemorlarni saralash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqoridagi genetik turlarning prognostik ahamiyati tashxis qo‘yishdagi xatolar sonini kamaytirish va asoslanmagan davolash xarajatlarining oldini olish imkonini berdi. Xulosa: MMR3 rs522616 genining G/G genotipi AVMda anevrizmatik o‘zgarishlar rivojlanishida muhim prognostik omil ekani isbotlandi. Shuningdek, BDNF rs6265 genining T alleli va genotipi hamda CDKN2B rs1333040 genining T allel` tashuvchiligi mal`formatsiya hajmini oshishiga olib keladi. Ushbu natijalar AVMning murakkab morfologik turlari shakllanishining molekulyar-genetik asoslari haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi va prognostik algoritmlar hamda neyroxirurgik usullarini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: arteriovenoz mal`formatsiya bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan profilaktik va diagnostik yondashuvlar takomillashtirilgan. Ular Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 23 apreldagi 03/349-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Arteriovenoz mal`formatsiyalarning nevrologik asoratlarining klinik-molekulyar-genetik jihatlari va diagnostik optimallashtirish masalalari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Olingan ma’lumotlar 2025 yil 8 maydagi 66-sonli (Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) va 2025 yil 27 maydagi 82-sonli Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi buyruqlariga muvofiq amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash noxush oqibatlar yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni samarali aniqlash, nogironlik darajasini bashorat qilish va jarrohlik aralashuvi hamda neyropsixologik davolashni o‘z vaqtida rejalashtirish imkonini beradi. Bu arteriovenoz mal`formatsiyalari bilan kasallangan bemorlarni kuzatishga shaxsiy yondashuvni ta’minlaydi, nogironlik darajasini pasaytirishga va hayot sifatini oshirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik, klinik va vizual ma’lumotlarni tashxis jarayoniga integratsiya qilish tekshiruv muddatini qisqartirish, takroriy kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish hamda manbalarni yanada samarali taqsimlashni ta’minlaydi. Algoritm 100 nafar bemorni tekshirishda umumiy xarajatlarni 2,2% ga (taxminan, 80 million so‘mga) kamaytirishni ko‘rsatdi, shu bilan birga, qamrovni kengaytirish va genetik markerlar panellarini aniqlashtirish orqali samaradorlik oshdi. Xulosa: ishlab chiqilgan genetik yo‘naltirilgan tashxislash va bashoratlash algoritmi AVMning yorilishi xavfini, nevrologik etishmovchilikning ogirligini va funksional tiklanish potensialini aniqlashda yuqori informativlikka ega ekanini ko‘rsatdi. Uning qo‘llanilishi xavf stratifikatsiyasi aniqligini oshirish, klinik-diagnostik yo‘nalishni takomillashtirish va davolash-reabilitatsiya tadbirlarini shaxsiy rejalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish