Anvarxo‘djaeva Shirinxon G‘aybulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artritda bazis davolash fonida immunologik markerlar va sitokin profilining klinik-diagnostik ahamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5108.
Ilmiy rahbar: Eshmurzaeva Aida Abduganievna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artritda immunologik markyorlar (anti-sitrulin vimentin antitanachalari, keratin antinachalari, interleykin - 6) ning diagnostik va prognostik ahamiyatini baholash hamda bemorlarni immunologik fenotipini hisobga olgan holda yuritish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit turli klinik shakllarida immunologik markerlarning tarqalishi va ularning kasallik faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
revmatoid artritni klinik baholashda an’anaviy serologik ko‘rsatkichlar cheklangan holatlarda interleykin-6 va modifikatsiyalangan sitrullinlangan vimentinga qarshi antitanalarning tashhisiy va bashoratlashdagi qiymatini afzalligi asoslangan;
revmatoid artritning turli bosqichlarida davo negizida asosiy immunologik markerlar dinamika xususiyatlarining bog‘liqligi aniqlangan;
yallig‘lanish faolligining klinik noqulay kechish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va davolash samaradorligini baholash maqsadida immunologik markerlardan foydalanish bo‘yicha klinik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Revmatoid artritda tizimli yallig‘lanish biomarkerlarini aniqlash va tashxislash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda toll – o‘hshash reseptor 2 miqdorining ortishi kasallik faollanish darajasi va uning avjlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 29.05.2025 yil 28-sonli va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.01.2025 yildagi 31A/F-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17-dekabrdagi 31/02- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda revmatoid artrit faolligini erta tashxislash va baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: revmatoid artrit faolligini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda tashxislash va davolashga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: revmatoid artrit  mavjud bemorlar holatini oldindan bashorat qilish va o‘z vaqtida tashxislash ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritni klinik baholashda an’anaviy serologik parametrlar cheklangan holatlarda interleykin -6 va anti-sitrulin vimentin antitanachalarining tashhisiy va bashoratlashdagi qiymatini afzalligi asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 29.05.2025 yil 28-sonli va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.01.2025 yildagi 31A/F-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17-dekabrdagi 31/02- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artritni klinik baholashda interleykin - 6  va anti-sitrulin vimentin antitanachalari  ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi kasallik faolligini erta aniqlash, og‘ir kechish xavfini oldindan baholash hamda individuallashtirilgan davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artrit faolligini interleykin -6 va anti-sitrulin vimentin antitanachalari yordamida aniq va erta tashxislash natijasida davolash jarayonining samaradorligi oshadi, shifoxonada yotish muddati qisqaradi hamda samarasiz diagnostik va terapevtik chora-tadbirlarga ketadigan xarajatlar kamayishiga erishiladi. Xulosa: interleykin - 6 va anti-sitrulin vimentin antitanachalari ko‘rsatkichlarini revmatoid artritni baholash amaliyotiga joriy etish kasallikning kechishini oldindan bashorat qilish va o‘z vaqtida tashxislash imkonini yaratadi. 
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritning turli bosqichlarida negizli davo fonida asosiy immunologik markerlar dinamika xususiyatlarining bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 29.05.2025 yil 28-sonli va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.01.2025 yildagi 31A/F-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17-dekabrdagi 31/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Revmatoid artritning turli bosqichlarida negizli davo fonida asosiy immunologik markerlar dinamikasini baholash kasallik faolligini ob’ektiv nazorat qilish, davolash samaradorligini o‘z vaqtida aniqlash hamda individual terapevtik yondashuvni optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy immunologik markerlar dinamikasini monitoring qilish orqali davolash taktikasi o‘z vaqtida korreksiya qilinishi natijasida samarasiz terapiyaning oldi olinadi, shifoxonada yotish muddati qisqaradi va qo‘shimcha diagnostik hamda davolash xarajatlari kamayadi. Xulosa: Revmatoid artritning turli bosqichlarida negizli davo fonida immunologik markerlar dinamikasini tahlil qilish kasallik kechishini nazorat qilish va prognozlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv bemorlarning sog‘ligini saqlash, mehnat qobiliyatini uzoq muddat ta’minlash hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanish faolligining klinik noqulay kechish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va davolash samaradorligini baholash maqsadida immunologik markerlardan foydalanish bo‘yicha klinik algoritm ishlab chiqilganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 29.05.2025 yil 28-sonli va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.01.2025 yildagi 31A/F-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17-dekabrdagi 31/02- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish faolligining klinik kechish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni immunologik markerlar yordamida erta aniqlash uchun klinik algoritmning joriy etilishi kasallikning og‘ir shaklga o‘tishi va asoratlanishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan klinik algoritm asosida xavf guruhidagi bemorlarni erta saralash va terapiyani maqsadli boshqarish natijasida samarasiz davolash taktikalari kamayishi, shifoxonada yotish muddatining qisqarishi hamda qo‘shimcha diagnostik va davolash xarajatlarining tejalishiga erishiladi. Xulosa: immunologik markerlardan foydalanishga asoslangan klinik algoritm yallig‘lanish faolligining noqulay kechishini oldindan bashorat qilish va davolash samaradorligini ob’ektiv baholash imkonini yaratadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish