Xusanova Nilufar Saydulloevna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida subektiv baho ifodalashning fonostilistik, fonografik usul hamda vositalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  № B2024.1.PhD/Fil4496
    Ilmiy rahbar: Do‘smatov Xikmatillo Xayitboevich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.12.Fil.10.05.
    Rasmiy opponentlar:
          G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
    Tursunova Odina Azimjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
    Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida subektiv baho munosabatini ifodalashda qo‘llaniladigan fonostilistik va fonografik usul hamda vositalarni aniqlash, ularning o‘zaro tahlilini berish, bahoviy ma’no yuzaga kelishida ularning lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish, nazariy hamda amaliy jihatdan ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: o‘zbek va ingliz so‘zlashuv jarayonida faol qo‘llanadigan alliteratsiya, geminatsiya, assonans, onomatopeya kabi fonostilistik hodisalar yordamida salbiy hamda ijobiy munosabatlar ifodalanishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz so‘zlashuv nutqida foydalaniladigan  ustsegment birliklar: urg‘u, ohang, talaffuz va erkak-ayol ovoz toni orqali salbiy yoki ijobiy subektiv baho ifodalashning quyi, o‘rta, yuqori  darajasining amaliy hamda nazariy jihatlari lisoniy dalillar bilan isbotlangan;
o‘zbek va ingliz og‘zaki  nutq oqimida ayrim so‘zlarning talaffuzi, ohangi, tez-sekinligi, qattiq yoki yumshoq aytilganligini badiiy matnda aynan ifodalash maqsadida qo‘llanadigan fonografik vositalar aniqlangan;
o‘zbek va ingliz yozma nutqida fonografik vositalar orqali turli kombinatsiyalar hosil qilish yordamida muallif strategiyasini bayon etish, nutqning imkoniyatlarini ko‘rsatish, uning ekspressivligini oshirish kabi maqsadlar mujassam bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida subektiv baho ifodalashning fonostilistik, fonografik usul va vositalari mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz yozma nutqida fonografik vositalar orqali turli kombinatsiyalar hosil qilish yordamida muallif strategiyasini bayon etish, nutqning imkoniyatlarini ko‘rsatish, uning ekspressivligini oshirish kabi maqsadlar mujassam bo‘lishi yuzasidan bildirilgan xulosa va ilmiy natijalaridan 2021-2024-yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2025 yil 19-sentyabr`dagi 1/04-183-son ma’lumotnomasi). Natijada Xusanova Nilufar Saydulloevnaning fikr-mulohazalari, xulosa va tavsiyalari asosida mazkur lug‘atning ilmiy-nazariy jihatlari takomillashgan;
o‘zbek va ingliz so‘zlashuv jarayonida faol qo‘llanadigan alliteratsiya, geminatsiya, assonans, onomatopeya kabi fonostilistik hodisalar yordamida salbiy hamda ijobiy munosabatlar ifodalanishi haqidagi xulosalar Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti talabalariga o‘zbek va ingliz tillari bo‘yicha ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarda amaliyotga tatbiq etildi. Shuningdek, tadqiqotchining dissertatatsiyasi mazmunini qamrab olgan maqola va tezislardan qiyosiy tilshunoslik ilmi bo‘yicha magistratura va doktoranturaning ilmiy tadqiqot ishlarida, ilmiy seminarlarda foydalanib kelingan. Zamonaviy o‘zbek va ingliz tillarining fonostilistikasiga oid darslik va qo‘llanmalar, jumladan, stilistikaga doir izohli lug‘at yaratish uchun xizmat qilishi isbotlangan. (Tojikiston Respublikasi fan va ta’lim vazirligi akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2025 yil 22-sentyabr` 01/5027-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mazmundorligi va sifati oshgan;
o‘zbek va ingliz so‘zlashuv nutqida foydalaniladigan  ustsegment birliklar: urg‘u, to‘xtam, talaffuz va erkak-ayol ovoz toni orqali salbiy yoki ijobiy subektiv bahoning quyi, o‘rta, yuqori munosabat ifodalash darajasi amaliy va nazariy jihatlari lisoniy dalillar bilan asoslanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan 2024-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 10-iyuldagi 26-36-1017-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va ularda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning turli tizimga mansub tillarga xos bo‘lgan ustsegment birliklar yordamida subektiv baho ifodalanishi haqidagi bilimlarini oshirishda va ularni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan;
o‘zbek va ingliz so‘zlashuv jarayonida faol qo‘llanadigan alliteratsiya, geminatsiya, assonans, onomatopeya kabi fonostilistik hodisalar yordamida salbiy hamda ijobiy munosabatlar ifodalanishi yuzasidan asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalardan Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining  2024-2025-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, markazning yig‘ilish va seminarlarida, askiya va qiziqchilik bo‘yicha o‘tkazilgan respublika va xalqaro maqomdagi anjumanlarida amaliyotga tatbiq etildi. Xususan, dissertatsiyaning o‘zbek va ingliz tillarida subektiv baho ifodalashning fonostilistik usul va vositalarining o‘ziga xos, umumiy mushtarak jihatlari va farqli tomonlari yuzasidan asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalardan “Mahorat maktablari” mashg‘ulotlarida, viloyatlar bo‘ylab uyushtirilgan gastrol safarlari doirasida hamda “Ustoz-shogird” ishlari doirasida amaliy foydalanilgan. (Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining 2025-yil 8-oktyabr`dagi 301-son ma’lumotnomasi). Natijada Xusanova Nilufar Saydulloevnaning fikr-mulohazalari, xulosa va tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish