Kosimova Manzura Abdullaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7468
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna p.f.d. (DSc) professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar pedagogika fanlari doktori,professori, Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor Yozieva Umida Lutfullaevna 
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasidan foydalanishning psixologik omillari "men ham bunga hissa qo‘shaman" degan talabni shakllantirish orqali har bir o‘quvchida "biz" tuyg‘usini rivojlantirishni ta’minlovchi jamoa bo‘lib ishlashning ijtimoiy-emosional ahamiyati ilmiy asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hamkorlik texnologiyasidan foydalanishga oid kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari o‘zaro hamkorlikning ijtimoiylashuv va shaxsiy rivojlanishga ta’sirini oshiruvchi raqamli vositalarni qo‘llashda do‘stona munosabatlarga kirishishni namoyon etishga oid elementlarini kiritish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasining mazmuni ta’lim jarayoni subektlarining hamkorlik motivatsiyasi va  ijodiy fikrlash integratsiyalashuvi, ongli va kommunikativ faoliyat faollashuviga qaratilgan o‘quv bosqichlarini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish modeli o‘quvchilarning motivatsion faoliyatini integratsiyalashuviga asoslangan “bilimdonlar maskani” platformasida matnni oldindan belgilangan parametrlarga joylashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli mashqlarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasidan foydalanishning psixologik omillari "men ham bunga hissa qo‘shaman" degan talabni shakllantirish orqali har bir o‘quvchida "biz" tuyg‘usini rivojlantirishni ta’minlovchi jamoa bo‘lib ishlashning ijtimoiy-emosional ahamiyati ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida o‘quv jarayoni muayyan darajada boyitilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 10-maydagi 11-05-2098/04son ma’lumotnomasi) Natijada, undan yosh mutaxassislar, pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘zlarining kasbiy mahoratlarini boyitishda muayyan darajada foydalanishlariga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hamkorlik texnologiyasidan foydalanishga oid kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari o‘zaro hamkorlikning ijtimoiylashuv va shaxsiy rivojlanishga ta’sirini oshiruvchi raqamli vositalarni qo‘llashda do‘stona munosabatlarga kirishishni namoyon etishga oid elementlarini kiritish orqali aniqlashtirilgan tavsiyalar asosida “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini ilmiy va amaliy jihatdan boyitishga foydalanilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil, 19-iyundagi 02/01-01-120-sonli ma’lumotnoma). Natijada, boshlang‘ch sinf darslarida o‘quvchilarning ijtimoiylashuv va shaxsiy rivojlanishga ta’sirini oshiruvchi raqamli vositalardan foydalanib, hayotiy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasining mazmuni ta’lim jarayoni subektlarining hamkorlik motivatsiyasi va  ijodiy fikrlash integratsiyalashuvi, ongli va kommunikativ faoliyat faollashuviga qaratilgan o‘quv bosqichlarini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish orqali takomillashtirilgan mualliflik g‘oyalaridan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 24-apreldagi 01-09/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan mualliflik g‘oyalaridan foydalanish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hamkorlikda faol faoliyatga kirishish motivatsiyasi va  ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanish darajasi oshishiga erishilgan.
boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish modeli o‘quvchilarning motivatsion faoliyatini integratsiyalashuviga asoslangan “bilimdonlar maskani” platformasida matnni oldindan belgilangan parametrlarga joylashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli mashqlarni kiritish orqali takomillashtirilgan tavsiyalar asosida “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunidagi seminar mashg‘ulotlari mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 10-maydagi 11-05-2098/04son va O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi). Natijada, o‘quv jarayonida raqamli vositalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning do‘stona munosabatlarga kirishishni namoyon etishga oid yangi ko‘nikmalarini aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish