Mamasoliev Elyorjon Maxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashganda tolaning minimal mexanik shikastlanishini ta’minlash uchun samarali kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6091.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshqobilov Olimjon Xoliqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.    Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashganda tolaning minimal mexanik shikastlanishini ta’minlash uchun samarali kompozision polimer materiallarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision polimer materiallarning paxta bilan o‘zaro friksion ta’sirlashuv mexanizmi jarayonlari asosida paxtani qayta ishlash mashinalarining ishchi organlarini qoplash uchun antifriksion polimer kompozisiyalarning bir qator samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
paxta tolalarining eng kam mexanik shikastlanishini ta’minlaydigan antifriksion kompozision polimer materiallarni yaratish uchun bog‘lovchi va to‘ldiruvchini tanlash ilmiy asoslangan;
polimer materiallar va paxta xomashyosining hajmiy sirt mexanik xususiyatlarining ularning friksion o‘zaro ta’sir mexanizmiga va shikastlanuvchanligiga sifat va miqdoriy ta’siri ko‘rsatilgan;
birlik bo‘rtiq (model namuna) cho‘qqilarining radiusi ortishi bilan ishqalanish koeffisienti dastlab keskin pasayishi va 30-50 mkm sohada o‘zining maksimumiga erishishi, so‘ngra cho‘qqilar radiusi 100 mkm gacha ortishi bilan biroz ortishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan antifriksion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar mashina va mexanizmlarning ishchi organlariga joriy etilishi natijasida toladagi nuqsonlar yig‘indisi o‘rtacha 0,3-0,5% ga, chigitning maydalanishi 0,4-0,8% ga, quvvat sarfi o‘rtacha 8-15% ga kamaygan, mashinalarning ish unumdorligi o‘rtacha 15-20% ga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashganda tolaning minimal mexanik shikastlanishini ta’minlash uchun samarali kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan antifriksion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar Toshkent viloyati Piskent paxta tozalash zavodi paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, tozalash va dastlabki qayta ishlashda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning ishchi organlariga joriy etilgan («O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2025 yil 27 noyabrdagi  02/06-2776 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasidagi nuqsonlar yig‘indisi o‘rtacha 0,3-0,5% ga, chigitning shikastlanishi esa 0,4-0,8% gacha kamaytirish imkonini bergan;
yuqori antifriksion, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarni ta’minlovchi kompozision polimer materiallar olishning samarali texnologiyasi Toshkent viloyati Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2025 yil 27 noyabrdagi  02/06-2776 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega antifriksion kompozision polimer materiallar va ular asosida qoplamalar olish hamda mashinalarning ish unumdorligini o‘rtacha 15-20% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish