Bektemirov Begali Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja btradigan fan tarmog‘i): «Mineralokeramik asbobsozlik materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3099.
Ilmiy rahbar: Karimov Shoirdjon Axralovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Parmonov Sarvar Tashpulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: mineralokeramik asbobsozlik materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy oksid-YSZ asosli keramik kompozision materialning struktura-faza tarkibi aniqlangan;
alyuminiy oksid-YSZ asosli keramik kompozision materialning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
texnologik parametrlar, presslash bosimi va qizdirib pishirish haroratining alyuminiy oksid-YSZ asosli keramik kompozision materialning zichlanish darajasi, egilishdagi mustaxkamligi, qattiqligi va zarbiy qovushqoqligiga ta’siri aniqlangan;
alyuminiy oksid-sirkoniy oksid asosli keramik kompozision materialning eyilishga bardoshligiga sirkoniy oksidning foiz miqdorining ta’siri aniqlangan;
alyuminiy oksid-sirkoniy oksid asosli keramik kompozision materialni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineralokeramik asbobsozlik materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori qattiqlikka ega bo‘lgan qotishmalar va toblangan po‘latlarga mexanik kesib toza ishlov berish uchun 91% Al2O3 va 9% YSZ dan tashkil topgan mineralokeramik materialning yangi tarkibi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJda ishlab chiqarish bo‘yicha IIChBDA amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ 2025 yil 25 fevraldagi 04/03-248-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori qattiqlikka ega qotishmalar va toblangan po‘latlarga toza kesib ishlov berishda foydalaniladigan qattiq qotishma (T15K6) analoglariga nisbatan tannarxi 25...30% ga arzon bo‘lgan mineralokeramik asbobsozlik plastinalarni olish imkoniyatini bergan;
tarkibi 91% Al2O3 va 9% YSZ dan tashkil topgan yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan asbobsozlik materiallarini olish texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJda ishlab chiqarish bo‘yicha IIChBDA amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ 2025 yil 25 fevraldagi 04/03-248-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mineralokeramik plastinalarni importi 25...30% va ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlar 20...25% ga qisqartirish imkonini bergan.