Platoshina Malika Mirkamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Termik ishlov berish jarayonida fazaviy o‘zgarishlar orqali uglerodli va legirlangan po‘latlarning bardoshligini oshirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. PhD/T5330.
Ilmiy rahbar: Begatov Jaxongir Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termik ishlov berish jarayonida fazaviy o‘zgarishlar orqali uglerodli va legirlangan po‘latlarning bardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
instrumental po‘latlarning ikki bosqichli termik ishlov berishga bardoshligini oshirish mexanizmi asoslangan;
termik ishlov berish jarayoni rejimlarining mayda ignali martensit va 11% qoldiq austenitdan iborat mikrotuzilmaga ega instrumental po‘latning strukturaviy va fazaviy holatiga ta’siri aniqlangan;
ikki bosqichli termik ishlov berish jarayonida dislokatsiya zichliklari nisbatining 1,2 ga oshishi va uglerod atomlarining 0,8% gacha qayta taqsimlanishiga olib keladigan issiqlik rejimlari ishlab chiqilgan;
U7, U11, XGS va 9XVG instrumental po‘latlar uchun ikki bosqichli termik ishlov berish texnologiyasi va presslovchi asboblar uchun ikki marta toblash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termik ishlov berish jarayonida fazaviy o‘zgarishlar orqali uglerodli va legirlangan po‘latlarning bardoshligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
molibden shtapiklarini presslash uchun press-formalarga termik ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJning 2025 yil 26 fevraldagi 04/03-248-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu press-formalarning eyilishbardoshliligini 40–50% ga oshirish imkonini bergan;
50% BaCl2+50% NaCl tarkibli tuzli vannada ikki marta toblashning issiqlik rejimlari «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJning 2025 yil 26 fevraldagi 04/03-248-son ma’lumotnomasi). Natijada, pechda qizdirish va enegriya sarfini kamaytirgan holda toblash vaqtini 40% gacha qisqartirish imkonini bergan.