Meliqulov Otabek Jamol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida optimal tarkibli kompozision ko‘mir briketlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/T5216.
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti, “Fan va taraqqiyot” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaxanova Muxiba Gulyamovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida optimal tarkibli kompozision ko‘mir briketlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirining 2BOMSSh-B2 markali hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidan qazib olinayotgan slanesli bentonit, turli mineral to‘ldiruvchilar asosidagi briketlarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ko‘mir briketlarining fizik-mexanik xossalariga turli xil ingredientlarning ta’siri aniqlangan;
ingredientlarning turi, miqdori va nisbatining briketlarning shakllanishida ta’sirini aniqlash orqali «tarkib-tuzilish-xossa» korrleatsion bog‘liqlik asoslangan;
tanlab olingan ingredientlar asosida ko‘mir briketining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida ko‘mir briketlarini olishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxalliy xomashyolar asosida optimal tarkibli kompozision ko‘mir briketlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision ko‘mir briketlarini olish texnologiyasi «ZOLOTOY GLOBUS» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJ ning 2025 yil 25 iyuldagi 01-13/1694-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ko‘mir briketining kullik darajasini 2 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
maxalliy xomashyolar asosida optimal tarkibli kompozision ko‘mir briketlarini samarali tarkiblari «ZOLOTOY GLOBUS» MChJda amaliyotga joriy etilgan ((«O‘zbekko‘mir» AJ ning 2025 yil 25 iyuldagi 01-13/1694-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ko‘mir briketlarining kalloriya qiymatini 2 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish