Turg‘unov Avazxon Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision epoksisiloksanli materiallarni ishlab chiqish va ularni qurilish buyumlari texnologik jihozlarining rel`efli elementlarida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6093.
Ilmiy rahbar: Ikramova Muqaddas Eralievna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06. 
Rasmiy opponentlar: Risqulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision epoksisiloksanli materiallarni ishlab chiqish va ularni qurilish buyumlari texnologik jihozlarning rel`ef elementlarida qo‘llashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish temir-beton buyumlari va konstruksiyalari texnologik jihozlarining rel`ef elementlarida qo‘llash uchun mahalliy xomashyolardagi organomineral ingredientlardan foydalangan holda kompozision epoksisiloksan polimer materiallar va qoplamalarning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
oligomerlar va ularning qotiruvchilari bilan tikilgan strukturaga ega bo‘lgan epoksisiloksanli to‘rli polimerlarning hosil bo‘lishi, kompozisiyaning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari, ya’ni adgezion mustahkamligini 1,5-2,0 baravar yaxshilab, qurilish buyumlari texnologik jihozlari rel’ef elementlarining ish unumdorligini 8,0-15,0% ga oshirishi aniqlangan;
kompozision materialni kimyoviy shakllantirishda havo bilan ta’sirlashuvchi epoksisiloksan polimerlari ishchi yuzasining g‘adir-budurligi, mikroqattiqligi va tribotexnik xususiyatlari kabi parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
eyilishbardoshli kompozision epoksisiloksanli polimer materiallarning samarali tarkiblarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yig‘ma temir-beton, plyonkali va listli plastmassalardan pardozbop rel`efli buyumlar ishlab chiqarishda ishlash qobiliyati yuqori bo‘lgan texnologik jihozlarning ishchi elementlarida qo‘llash uchun kompozision epoksisiloksanli eyilishbardosh qoplamalarning qattiqligi 1,3-1,5 marta ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozision epoksisiloksan materiallarini ishlab chiqish va ularni qurilish buyumlari texnologik jihozlarining rel`ef elementlarida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik jihozlarning rel`ef elementlarida qo‘llaniladigan kompozision epoksisiloksanli materiallarni olish texnologiyasi «CENTRON» MChJ ga qarashli Jizzax temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 28 noyabrdagi 02/15-3917-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir-beton plita va beton mahsulotlarini olish uchun ishlatiladigan yangi olingan eyilishbardoshli kompozision epoksisiloksanli materiallarning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari, ya’ni adgezion mustahkamligi 1,5-2,0 baravar yaxshilanib, qurilish buyumlari texnologik jihozlari rel’ef elementlarining ish unumdorligini 8,0-15,0% ga oshirish imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida ishlab chiqilgan eyilishbardoshli kompozision epoksisiloksanli polimer qoplamalarning samarali tarkiblari «CENTRON» MChJ ga qarashli Jizzax temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 28 noyabrdagi №02/15-3917-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, me’moriy-badiiy buyumlar va temir-beton konstruksiyalar qoliplarida qo‘llaniladigan eyilishga chidamli kompozision epoksisiloksanli polimer qoplamalarning eyilishbardoshliligini 2,0 baravarga oshirish, iste’mol qilinadigan quvvat sarfini 6,0-10,0% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish