Quryazova Laylo Rahmonovnaning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish tarixi (1991-2021 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1419.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Firuza Jumanazarovna, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi davlat siyosatini ochib berish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Aholini ishchi o‘rinlari yaratilishiga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sishi, mamlakat ichida ish o‘rinlarining etishmasligi, mavjud mutaxassis-liklarga nisbatan talab va taklifning nomutanosibligi, xorij va mahalliy sharoitda daromad olish imkoniyatining keskin farqlanishi, xorijdagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabning yuqoriligi, odam savdosidan jabr ko‘rgan shaxs to‘g‘risida tushunchaning yo‘qligi kabilar odam savdosi kelib chiqishining asosiy sabablari bo‘lganligi isbotlangan;
Odam savdosi zo‘ravonlikka uchragan, oilasidan ajrashgan va ko‘proq pul topish umidida yurganlar xotin-qizlar orasida sodir ko‘proq sodir bo‘lgan-ligi, odam savdosidan jabr ko‘rganlarning turli xil jismoniy va psixo-logik muammolariga duch kelganliklari bois respublikada birinchilardan bo‘lib reabilitatsiya markazi ochilganli aniqlangan;  
Odam savdosiga qarshi kurash va undan jabrlangan fuqarolarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, ushbu turdagi jinoyatchilik va uning oqibatida jabrlanayotganlar sonining oshib borganligi isbotlangan;
 Odam savdosi qurboniga aylanib qolmaslik uchun turli targ‘ibot ishlari olib borilsada, odam savdosidan jabr ko‘rganlarni tibbiy ko‘rik-dan o‘tkazish ishlari qat’iy nazorat ostida olib borilmaganligi, natijada OIS kasalligi bilan kasallanib vataniga qaytgan tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan qochib yurgan shaxlar ham bo‘lganligini aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda odam savdosini olidini olishda davlat siyosati bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
Aholini ishchi o‘rinlari yaratilishiga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sishi, mamlakat ichida ish o‘rinlarining etishmasligi, mavjud mutaxassis-liklarga nisbatan talab va taklifning nomutanosibligi, xorij va mahalliy sharoitda daromad olish imkoniyatining keskin farqlanishi, xorijdagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabning yuqoriligi, odam savdosidan jabr ko‘rgan shaxs to‘g‘risida tushunchaning yo‘qligi kabilar odam savdosi kelib chiqishining asosiy sabablari bo‘lganligi isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 10-oktyabr 2025-yil ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot tahlillari va xulosalari ko‘rsatuvda Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda olib borilgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
Odam savdosi zo‘ravonlikka uchragan, oilasidan ajrashgan va ko‘proq pul topish umidida yurganlar xotin-qizlar orasida sodir ko‘proq sodir bo‘lganligi, odam savdosidan jabr ko‘rganlarning turli xil jismoniy va psixologik muammolariga duch kelganliklari bois respublikada birinchi-lardan bo‘lib reabilitatsiya markazi ochilganli haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 10-oktyabr 2025-yil ma’lumotnomasi) Ko‘rsatuv orqali tomoshabinlar odam savdosi kelib chiqishi sabablari, uning oqibatlari va odam savdosining oldini olish, bolalarni himoya qilish borasida O‘zbekiston hukumatining olib borgan siyosati va xalqaro hamkorligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
Odam savdosiga qarshi kurash va undan jabrlangan fuqarolarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, ushbu turdagi jinoyatchilik va uning oqibatida jabrlanayotganlar sonining oshib borganligi isbotlangan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining  2025-yil 18-dekabrdagi 10/2717-sonli dalolatnomasi). Natijada, Mustaqillik yillari O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini bergan;
Odam savdosi qurboniga aylanib qolmaslik uchun turli targ‘ibot ishlari olib borilsada, odam savdosidan jabr ko‘rganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari qat’iy nazorat ostida olib borilmaganligi, natijada OIS kasalligi bilan kasallanib vataniga qaytgan tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan qochib yurgan shaxlar ham bo‘lganligini aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining  2025-yil 18-dekabrdagi 10/2717-sonli dalolatnomasi). Natijada, Ilmiy tadqiqot ishida ilgari surilgan xulosalar O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy jarayonlar tarixini yoritishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish