Kudratova Iroda Turdibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida paxta to‘qimachlik klasterlarida agroservis samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 –“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4926.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.1.27.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Djonzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Shavkat Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida paxta-to‘qimachilik klasterlarida agroservis samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agroservis tushunchasining mohiyatini servislashgan jamiyat nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarning foydali hajmini oshirishga, ayirboshlash va iste’mol qiymatini shakllantirishga hamda qishloq xo‘jaligi takror ishlab chiqarish vositalarining qayta tiklanish imkoniyatini oshirish asosida yuqori qiymatli mahsulot yaratishga qaratilgan xizmatlar majmui ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
paxta-to‘qimachilik klasterining agroservis xizmatlari ko‘rsatish parametrlarini optimallashtirish modeli dehqonchilik, chorvachilik yo‘nalishidagi agroservis xizmatlari ko‘rsatish harajatlarining 27,6%≤Kagrs≤18,1 chegaraviy (minmax) qiymatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klaster huzuridagi ilmiy markaz tashkiliy tuzilmasiga rekrutment va agrar konsalting xizmatlarini amalga oshiruvchi funksional tuzilmani joriy qilish asosida takomillashtirish taklif qilingan;
paxta etishtirishdan boshlab tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo‘lgan uzlyuksiz qiymat yaratish zanjirida harajatlarning kelib chiqish manbaiga ichki va boshqaruvli ta’sir ko‘rsatishning “kost-killing” tamoyilini qo‘llash orqali 2 turdagi ortiqcha va 3 turdagi nooqilona tadbirlarni agroservis asosida kamaytirish imkoniyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarida agroservis samaradorligi tahlilini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
agroservis xizmatlari tushunchasining servislashgan jamiyat nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarning foydali hajmini oshirishga, ayirboshlash va iste’mol qiymatini shakllantirishga hamda qishloq xo‘jaligi takror ishlab chiqarish vositalarining qayta tiklanish imkoniyatini oshirish asosida yuqori qiymatli mahsulot yaratishga qaratilgan xizmatlar majmui ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ta’rifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Pastarg‘om tumanidagi “Ravshan Yodgor paxta dalasi” fermer xo‘jaligi amaliyotiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-389-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif agroservis xizmatlari mohiyatini fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan hamda doimiy ish bilan band bo‘lmagan qishloq aholisining daromadlarini oshirish, shuningdek, ayollar va yoshlarning qiymat zanjirida ishtirokini kengaytirishga qaratilganligi jihatidan yoritishga xizmat qilgan.
Paxta-to‘qimachilik klasterining agroservis xizmatlari ko‘rsatish parametrlarini optimallashtirish modeli dehqonchilik, chorvachilik yo‘nalishidagi agroservis xizmatlari ko‘rsatish harajatlarining 27,6%≤Kagrs≤18,1 chegaraviy (minmax) qiymatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Pastarg‘om tumanidagi “Ravshan Yodgor paxta dalasi” fermer xo‘jaligi amaliyotiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-389-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash paxta-to‘qimachilik klasterlarida dehqonchilik va chorvachilik agroservis xizmatlari ko‘rsatkichlarining chegaraviy (minmax)qiymatlarini aniqlash orqali «Maroqand sifat tekstil» MChJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida agroservis faoliyatini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan samarali foydalanishga yo‘naltirishga, paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari hamda qishloq aholisi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish yo‘nalishida ishonchli ko‘rsatkichlarni shakllantirish hamda xolis baholash imkonini bergan.
Paxta-to‘qimachilik klaster huzuridagi ilmiy markaz tashkiliy tuzilmasiga rekrutment va agrar konsalting xizmatlarini amalga oshiruvchi funksional tuzilmani joriy qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Pastarg‘om tumanidagi “Ravshan Yodgor paxta dalasi” fermer xo‘jaligi amaliyotiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-389-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlari huzuridagi innovatsiyalarni, ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini joriy etish bo‘yicha ilmiy markazlarining mavjud muammolarni ilmiy asosda hal etish jarayonida OTM va ITI o‘rtasida vakolatlarni samarali taqsimlash, agroservis xizmatlarini tashkil etishda fermer xo‘jaliklari uchun istiqbolli rahbarlar va agroklaster mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish, mahalliy darajada dehqonchilik, chorvachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida konsalting xizmatlari ko‘rsatish va tajribalar benchmarkingini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Paxta etishtirishdan boshlab tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo‘lgan uzlyuksiz qiymat yaratish zanjirida harajatlarning kelib chiqish manbaiga ichki va boshqaruvli ta’sir ko‘rsatishning “kost-killing” tamoyilini qo‘llash orqali 3 turdagi ortiqcha va 7 turdagi nooqilona tadbirlarni agroservis asosida kamaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Pastarg‘om tumanidagi “Ravshan Yodgor paxta dalasi” fermer xo‘jaligi amaliyotiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/04-04-389-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan amaliyotda foydalanish asosida “Maroqand sifat tekstil” MChJ paxta-to‘qimachilik klasterida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida “Paxta xom ashyosini etishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo‘lgan ishlab chiqarishning uzlyuksiz zanjirni tashkil etish” yo‘nalishida ko‘rsatiladigan agroservis xizmatlari samaradorligi ko‘rsatkichlarni shakllantirish, 2 turdagi ortiqcha va 3 turdagi nooqilona harajatlarning kelib chiqish manbaiga ko‘ra ichki va boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish orqali o‘z vaqtida bartaraf etishga hamda agroservis xizmatlarining “narx-sifat” uyg‘unligiga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish