Abdurasulov Axrorbek Nurillo o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “5LP rusumli linter mashinasi valining resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqishning ilmiy asoslari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5094
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich texnika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor, Narmatov Ilmurod Avazovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.  linter mashinasi arrali silindri uchun resurstejamkor val ishlab chiqish hamda uning samarali ishlashini asoslashdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud linter mashinalari tahlili asosida arrali silindr valining resusrstejamkor konstruksiyasi yaratilgan;
resusrtejamkor valda yuk ta’siridagi egilish mustahkamligini ta’minlash uchun egilish momentlari ta’sirida vallning deformatsiyalanish holatini aniqlovchi maxsus dastur ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli rejalashtirish usuli asosida resurstejamkor val o‘rnatilgan linter mashinasi ishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar optimal qiymatlari aniqlash imkoni beradigan regression model ishlab chiqilgan;
tenzometriya usulida resurtejamkor valning tebranish chastotasi, amplitudasi va burovchi momentni o‘zgarish qonuniyatlari aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5LP linter mashinasi arrali silindri valining takomillashtirilgan konstruksiyasini va hisoblash metodlarini ishlab chiqish asosida:
resurstejamkor val konstruksiyasi «Namangan to‘qimachi klaster» MChJ To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasi linter mashinasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2025-yil 4-mart 03/25-423-son ma’lumotnomasi). Natijada linterlash jarayonlarining barqaror va uzlyuksiz ishlashini ta’minlash imkoni yartilgan, elektr energiya sarfi 20% kamayayishiga, resurs tejalishi 23 kg kamayishiga erishilgan. 5LP linter mashinasi arralarining ishlash muddati 18% ga, kolosnik, arra va qistirmalarning ishlash muddati esa 2,2 baravarga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish