Umirov Xabibillo Baxodirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fizika fanidan to‘garak mashg‘ulotlari asosida akademik lisey o‘quvchilari-ning texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”.
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5199.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.FM.70.06
Rasmiy opponentlar: Juraev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor. Turdiev Shoxrux Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, moddiy texnik va dasturiy, psixologik-pedagogik, metodik, ijtimoiy-ma’naviy shart-sharoitlari va uslubiy-didaktik ta’minoti raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish ta’minlangan;
fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, tashkiliy-jarayoniy, diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida hamda natijani bashoratlash imkonini beruvchi metododlogik va didaktik tamoyillar asosida ishlab chiqilgan;
akademik lisey o‘quvchilarini fizikadan to‘garak darslarida texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasi fanlararo integratsion o‘qitish, STEAM yondashuvi, SMART, keys, loyihalash innovatsion ta’lim metodlari va fizik jarayonlarni texnik dasturlashga imkon beruvchi raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarini to‘garak darslarida kognitiv, amaliy, ijodiy-texnik, kommunikativ, refleksiv, ijtimoiy-axloqiy tayanch kompetensiyalarini va texnik tafakkurini rivojlantirishning reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, moddiy texnik va dasturiy, psixologik-pedagogik, metodik, ijtimoiy-ma’naviy shart-sharoitlari va uslubiy-didaktik ta’minoti raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish ta’minlashga doir takliflar “Fizikadan mantiqiy masalalar va ularni echish usullari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 356-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 356-004–sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlanishiga xizmat qilgan;
fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida akademik lisey o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, tashkiliy-jarayoniy, diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida hamda natijani bashoratlash imkonini beruvchi metododlogik va didaktik tamoyillar asosida ishlab chiqishga doir takliflar “Fizikadan mantiqiy masalalar va ularni echish usullari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 356-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 356-004–sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik model o‘quvchilarining texnik tafakkurini rivojlanishiga xizmat qilgan;
akademik lisey o‘quvchilarini fizikadan to‘garak darslarida texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasi fanlararo integratsion o‘qitish, STEAM yondashuvi, SMART, keys, loyihalash innovatsion ta’lim metodlari va fizik jarayonlarni texnik dasturlashga imkon beruvchi raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, akademik lisey o‘quvchilarini to‘garak darslarida kognitiv, amaliy, ijodiy-texnik, kommunikativ, refleksiv, ijtimoiy-axloqiy tayanch kompetensiyalarini va texnik tafakkurini rivojlantirishning reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari ishlab chiqishga doir takliflar “Akademik liseylar uchun fizika to‘garagi” Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (QarMII uslubiy Kengashining 30.11.2021y.dagi №4-sonli yig‘ilish bayoni qarori). Natijada takomillashtirilgan metodika va ishlab chiqilgan baholash mezonlari fizika ta’limi sifati va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.