Qurbonova E’zoza Shuhrat qizining filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili yuridik terminosistemasning istiqlol davridagi taraqqiyoti va leksikografik talqini”.
10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil546.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili yuridik sohasi terminologik tizimining istiqlol davridagi taraqqiyotini o‘rganish, lug‘atlarda berilishini tahlil qilish va talqinini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sohaga doir yangi leksik birliklarni ilmiy asosda termin sifatida ajratish, yuridik terminlarga milliy muqobillar taklif etish, ularni tizimlashtirish, lug‘atlardagi talqinlarni takomillashtirish bo‘yicha samarador usullar mavjud lug‘atlar va manbalar tahlili asosida aniqlangan;
yuridik terminologiya va terminografiyaning tarixiy taraqqiyoti qadimgi davrdan to raqamlashtirilgan terminologiya va leksikografiya davrigacha bosqichlarga ajratilib, har bir bosqichning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi muhim belgilari dalillangan;
terminologiya bo‘yicha xalqaro ISO 704:2009 standarti qoidalarini tatbiq qilish hamda IATE (Evropa Ittifoqi uchun terminologiya bazasi)dan amaliy foydalanish asosida maxsus yuridik lug‘at mikrostrukturasi ishlab chiqilgan;
korpusda yuridik terminlarni to‘g‘ri tasniflash va tahlil qilish uchun terminologik birliklar 13 ta asosiy semantik kategoriyaga ajralishi, ular ma’lum turdagi yuridik tushunchalarni o‘z tarkibiga olishi va o‘z ichida qo‘shimcha turlarga bo‘linishi dalillangan; yuridik terminlarni korpusda teglashda zarur semantik kategoriya sifatida – yuridik sohalar kategoriyasi 36 xil huquq sohasini qamrab olishi aniqlangan;
o‘zbek yuridik terminologiyasini standartlashtirish huquqiy-me’yoriy hujjatlarning tushunarliligini ta’minlashi va terminologiyadagi sinonimiya, polisemantiklik, polifunksionallik kabi hodisalarning oldini olishga xizmat qilishi dalillanib, namuna asosida terminlar standartizatsiyasi uchun amaliy ish bosqichlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi yuridik soha birliklarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuridik terminlarning semantik xususiyatlari tadqiqi asosida shakllantirilgan xulosalar, terminologiyada monosemiya, polisemiya, polifunksionallik kabi hodisalarga oid tahlillar va ularning natijalaridan A-OT-2019-10 “Oʻzbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” (2019-2022) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-avgustdagi № 01/4-3420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish jarayoni ilmiy-amaliy boyitildi.
o‘zbek tili yuridik terminosistemasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuv asosida tayyorlangan takliflardan, xalqaro tajribani tatbiq etish usullaridan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2023) nomli amaliy loyihada foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-avgustdagi №01/4-3421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqola va monografiyalar hamda bu boradagi tadqiqotlarning ilmiy saviyasi oshirildi.
yuridik terminologiyaning taraqqiy etib borishi davlatchilik, hukumatlarning boshqaruv tizimi, mamlakatda yuritilgan til siyosati yo‘nalishi asosida kechishi dalillanganligiga oid materiallardan JHBL-93/1 raqamli “Rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha “Zamonaviy rahbar ayolning boshqaruv ko‘nikmalari” uslubiy qo‘llanmasini yaratish” (2022-2023) mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihada foydalanildi (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 2-avgustdagi №01-09/2758-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihani amalga oshirishda samaradorlik va natijadorlik ta’minlandi.
o‘zbek tilshunosligidagi yuridik terminlarni tadqiq qilishning aniqlangan nazariy asoslari, huquqshunoslikka oid terminlar tizimining taraqqiyot bosqichlaridan JHBL-19-sonli “Oila ma’naviyat konseptining elektron tezaurus lug‘atini yaratish” uslubiy qo‘llanmasini yaratish” (2020-2021) mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihada foydalanildi (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining