Shadieva Dilrabo Kurbanovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus yozma nutqi me’yorlarining metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/Ped9544 
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Qutlug‘bek Bekmurodovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Berdieva Shaxnoza Nabidjanovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instuti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari sharoitida talabalarga rus yozma nutqi normalarini o‘rgatishning yozma kompetensiyani shakllantirishning to‘rt bosqichli modeli va obektiv diagnostika tizimiga asoslangan, nutq savodxonligi darajasini oshirishni ta’minlovchi yaxlit metodikasini ishlab chiqish va  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Oliy ta’lim muassasalarining ikki tilli (bilingv) talabalariga rus yozma nutqi me’yorlarini o‘rgatishning zamonaviy media muhiti va raqamli diskurs ta’sirini hisobga oluvchi, moslashtirilgan yaxlit metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarning me’yoriy yozma kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan to‘rt bosqichli modeli metakognitiv faollikni qo‘llab-quvvatlash, yozma nutq jarayonining strategik rejalashtirilishi, o‘z-o‘zini baholashning formatif monitoringi hamda nazariy-amaliy integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
yozma nutqni baholashga mo‘ljallangan diagnostik vositalar majmuasi til birliklarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy matnlar, ijodiy yozuvni rivojlantiruvchi produktiv topshiriqlar, tanqidiy tahlilni kuchaytiruvchi assessment-standartlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda yozma kompetensiyani shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv faollikni oshirish, xatolarni kamaytirishga xizmat qiluvchi avtomatik “self-editing” strategiyalari, ijodiy ekspressiyani rivojlantirish hamda yozma amaliyotni integrativ o‘quv muhitida mustahkamlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Rus yozma nutqi me’yorlarining metodik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
rus tilini o‘zga til sifatida o‘rgatishda yozma nutq me’yorlarini shakllantirish metodikasini yozma nutqqa zamonaviy media muhiti va raqamli diskursning ta’sirini lingvomadaniy monitoring qilish, mediadidaktik tahlil hamda raqamli kompetensiya integratsiyasi hisobga olish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar  "Rus tili (kursi)" o‘quv qo‘llanmasi  mazmuniga sindirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 25-iyuldagi 02-01-01-297-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning zamonaviy media muhitining ta’sirini hisobga oluvchi, bilingv talabalarga rus yozma nutqi normalarini o‘qitishni malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan
talabalarning me’yoriy yozma kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan to‘rt bosqichli modelini metakognitiv faollikni qo‘llab-quvvatlash, yozma nutq jarayonining strategik rejalashtirilishi, o‘z-o‘zini baholashning formatif monitoringi hamda nazariy-amaliy integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi 574099 -EPP-1-2022 - 1-IT-EPPKA2-CBHE-SR “PAWER” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universitetining 2025-yil 18-sentyabrdagi 02/12-3568-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning yozma ko‘nikmalarining bosqichma-bosqich rivojlanishini va tayyorgarlik sifatini oshirish uchun sharoit yaratilgan;
yozma nutqni baholashga mo‘ljallangan diagnostik vositalar majmuasini til birliklarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy matnlar, ijodiy yozuvni rivojlantiruvchi produktiv topshiriqlar, tanqidiy tahlilni kuchaytiruvchi assessment-standartlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar talabalar uchun “Rus tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Termiz davlat universiteti rektorining 2024-yil 29-apreldagi 226-RO‘-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va ISBN:978-9910-724-29-9 raqami ostida ro‘yxatga olingan). Natijada talabalarning rus tilidagi yozma nutqini yanada chuqur va obektiv baholash imkonini berdi, bu esa ularning til kompetensiyalarini samarali shakllantirishga va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qildi;
talabalarda yozma kompetensiyani shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini kognitiv faollikni oshirish, xatolarni kamaytirishga xizmat qiluvchi avtomatik “self-editing” strategiyalari, ijodiy ekspressiyani rivojlantirish hamda yozma amaliyotni integrativ o‘quv muhitida mustahkamlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining bir qator dasturlarida (“Ekspress metodika: izuchaem uzbekskiy yazik”, “Otvechaet...” dasturlarining 2024 yil noyabr, dekabr oydagi sonlarida) ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 22-sentyabr 06-09-1481-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak rus tili o‘qitish metodikasi fani o‘qituvchilari talabalarga rus tilida yozma nutq normalarini o‘rgatish uslubiyatini rivojlantirish metodik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish