Raxmonov Firdavs Salomatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal yaralardan qon ketishda xirurgik davolashning taktik-texnikaviy jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4706.
Ilmiy rahbar: Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlar doktori (DSc), professor; Zayniev Alisher Faridunovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gastroduodenal yarali qon ketishlari bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gastroduodenal yaralardan qon ketish rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim klinik-prognostik omillar sifatida uzoq davom etgan anamnez va avvalgi qon ketish epizodlari (r=0,44), bemorning yoshi va hamroh somatik kasalliklari (r=0,37), H. pylori bilan zararlanish (r=0,25), yara hajmi (r=0,22) hamda uning lokalizatsiyasi (r=0,21) aniqlanib, ular asosida takomillashtirilgan J. Rockall shkalasining gemorragiya residivini bashorat qilishda yuqori diagnostik qiymati (spesifiklik – 95%, sezgirlik – 98,8%) asoslangan;
ilk bor J. Rockall xavf shkalasi bo‘yicha yuqori qon ketish xavfi aniqlangan bemorlarda endoskopik navigatsiya va dinamikada gemostaz nazorati ostida laparoskopik usulda qon ketuvchi yarani tikishning gibrid jarrohlik taktikasining klinik jihatdan standart davolash taktikalariga nisbatan ustuvorligi isbotlangan;
o‘n ikki barmoqli ichak yarasi qon ketishida laparoskopik va endoskopik texnologiyalarni gibrid tarzda qo‘llashda jarroxlik davolashning taktik-texnik jihatlari takomillashtirilgan Rockall shkalasi bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi asosida xavf darajasi, uzoq natijalar va asoratlarini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
ilk bor yarali qon ketishda endoskopik navigatsiya ostida qonayotgan yarani laparoskopik tikishga asoslangan yuqori texnologiyali gemostaz usuli morfofunksional o‘zgarishlar sababli gemorragiya residivlari chastotasi pasayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gastroduodenal yaralardan qon ketishda xirurgik davolashning taktik-texnikaviy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 04.09.2025 y. 24/08-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: gastroduodenal yaralardan qon ketish rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim klinik-prognostik omillar sifatida uzoq davom etgan anamnez va avvalgi qon ketish epizodlari (r=0,44), bemorning yoshi va hamroh somatik kasalliklari (r=0,37), H. pylori bilan zararlanish (r=0,25), yara hajmi (r=0,22) hamda uning lokalizatsiyasi (r=0,21) aniqlanib, ular asosida takomillashtirilgan J. Rockall shkalasining gemorragiya residivini bashorat qilishda yuqori diagnostik qiymati (spesifiklik – 95%, sezgirlik – 98,8%) asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand shaxar soglikni saklash bulimi markaziy shifoxonasi (05.07.2025 y. 2044-7-107-TB/2025-son buyrug‘i) va Kashkadaryo viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi (26.06.2025 y. 163ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu model qo‘llanilishi natijasida xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlash imkoniyati yaratildi, asoratlar soni va og‘ir holatlar darajasi 50 foizga kamaydi, shoshilinch jarrohlik amaliyotlari soni 40 foizga qisqardi. Reabilitatsiya davrining qisqarishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi natijasida ularning mehnatga layoqatlilik muddati 6–7 kunga tez tiklandi. Shu bilan birga, amaliyotda bashorat modeli qo‘llanilishi shifokorlar ishini engillashtirib, tibbiy yordamning tezligi va aniqligini oshirdi hamda aholining tibbiy tizimga bo‘lgan ishonchini 35 foizga ko‘tardi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi esa shunda ifodalanadiki, residiv qon ketishlar sonining kamayishi va bemorlarning shifoxonada yotish muddatining qisqarishi tufayli har bir bemor hisobiga sarf-xarajat o‘rtacha 1200000 so‘mga kamaydi. Bu o‘z navbatida bir yilda 100 nafar bemorni davolashda umumiy iqtisodiy tejamni 120000000 so‘m atrofida tashkil etdi. Shuningdek, shoshilinch operatsiyalar sonining va reoperatsiya ehtiyojining kamayishi natijasida tibbiy asbob-uskunalar, narkoz va dori vositalari sarfi 25–30 foizga qisqardi. Bu nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi byudjetini tejashga, balki shifoxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qildi. Xulosa: yarali gastroduodenal qon ketishlarning rivojlanishini bashorat qilish modeli joriy etilishi natijasida klinik samaradorlik 50 foizga, iqtisodiy samaradorlik esa 30 foizga oshdi, umumiy integral samaradorlik ko‘rsatkichi esa 45–50 foiz atrofida bo‘ldi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor J. Rockall xavf shkalasi bo‘yicha yuqori qon ketish xavfi aniqlangan bemorlarda endoskopik navigatsiya va dinamikada gemostaz nazorati ostida laparoskopik usulda qon ketuvchi yarani tikishning gibrid jarrohlik taktikasining klinik jihatdan standart davolash taktikalariga nisbatan ustuvorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand shaxar soglikni saklash bulimi markaziy shifoxonasi (05.07.2025 y. 2044-7-107-TB/2025-son buyrug‘i) va Kashkadaryo viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi (26.06.2025 y. 163ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu usul orqali og‘ir holatdagi bemorlarda qon ketishni tez va aniq to‘xtatish imkoniyati yaratildi, shoshilinch konversiya amaliyotlari ehtiyoji 2 barobarga, asoratlar esa 3 barobarga kamaydi. Shu bilan birga, operatsiya vaqti o‘rtacha 25–30 daqiqaga qisqardi, bemorlarning reabilitatsiya davri tezlashdi, ularning hayot sifat ko‘rsatkichi va sog‘lomlashish darajasi 40–45 foizga oshdi. Ushbu innovatsion yondashuv shifokorlar malakasini oshirish, tibbiy yordamning aniqligini va samaradorligini ta’minlash hamda aholining tibbiy xizmatga ishonchini kuchaytirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon ketishni gibrid texnologiyalar yordamida tez to‘xtatish natijasida shifoxonada yotish muddati o‘rtacha 3–4 kunga qisqardi, har bir bemor hisobiga sarf-xarajat 1500000 so‘mga kamaydi. Bu esa 100 nafar bemorni davolash misolida 150000000 so‘mlik umumiy iqtisodiy tejamni ta’minladi. Shuningdek, dori vositalari, narkoz preparatlari va qo‘shimcha jarrohlik materiallari sarfi 25–30 foizga qisqardi, shoshilinch reoperatsiyalar sonining kamayishi natijasida tibbiy xizmatning umumiy iqtisodiy samaradorligi oshdi. Xulosa: ishlab chiqilgan gibrid usul qon ketishni to‘xtatish samaradorligini 60 foizga, asoratlar sonini 50 foizga kamaytirdi, umumiy klinik va iqtisodiy samaradorlik esa 45–55 foizga oshdi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak yarasi qon ketishida laparoskopik va endoskopik texnologiyalarni gibrid tarzda qo‘llashda jarroxlik davolashning taktik-texnik jihatlari takomillashtirilgan Rockall shkalasi bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi asosida xavf darajasi, uzoq natijalar va asoratlarini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand shaxar soglikni saklash bulimi markaziy shifoxonasi (05.07.2025 y. 2044-7-107-TB/2025-son buyrug‘i) va Kashkadaryo viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi (26.06.2025 y. 163ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu algoritm asosida Forrest Ia–Ib holatlarida majburiy operatsiyalar soni 2 barobarga, Forrest IIa–IIb holatlarida esa 3 barobarga kamaytirishga erishildi. Ushbu usulning amaliyotga joriy etilishi qon ketish residivini va operatsiyadan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamaytirdi, bemorlarning sog‘ayish muddati qisqardi hamda reabilitatsiya jarayoni ancha engillashdi. Bemorlarning hayot sifat ko‘rsatkichlari 40–45 foizga yaxshilandi, shoshilinch jarrohlik ehtiyoji va og‘ir asoratlar soni kamayishi esa aholi salomatligini saqlashda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: majburiy operatsiyalar sonining ikki va uch barobarga kamayishi natijasida shifoxonalarda operatsiya zallari va reanimatsiya bo‘limlariga bo‘lgan yuklama 30–35 foizga kamaydi, bir bemor hisobiga sarf-xarajat o‘rtacha 1300000 so‘mga qisqardi. Bu, 100 nafar bemorni davolash misolida, 130000000 so‘mlik iqtisodiy tejamni ta’minladi. Shuningdek, operatsiya vaqti va narkoz sarfi qisqargani sababli dori vositalari, qo‘shimcha materiallar va asbob-uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj 25–30 foizga kamaydi. Xulosa: laparoskopik va endoskopik texnologiyalarni gibrid qo‘llash orqali taktik-texnikaviy optimallashtirish natijasida klinik samaradorlik 55–60 foizga, iqtisodiy samaradorlik esa 35–40 foizga oshdi, umumiy integral samaradorlik ko‘rsatkichi 50 foiz atrofida bo‘ldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yarali qon ketishda endoskopik navigatsiya ostida qonayotgan yarani laparoskopik tikishga asoslangan yuqori texnologiyali gemostaz usuli morfofunksional o‘zgarishlar sababli gemorragiya residivlari chastotasi pasayganligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand shaxar soglikni saklash bulimi markaziy shifoxonasi (05.07.2025 y. 2044-7-107-TB/2025-son buyrug‘i) va Kashkadaryo viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi (26.06.2025 y. 163ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shunda namoyon bo‘ladiki, klinik amaliyotga ilk bor joriy etilgan yuqori texnologiyali gemostaz usuli – ya’ni yarali qon ketishda yarani endoskopik navigatsiya ostida laparoskopik tikish orqali to‘xtatish usuli – bemorlarda qon ketish manbasini aniq va tez lokalizatsiya qilish, real vaqtda gemostaz holatini nazorat qilish imkonini yaratdi. Bu usul amaliyotda qo‘llanilishi natijasida gemorragiya residivlari soni 3 barobarga, majburiy operatsiyalar soni 2 barobarga kamaydi, letallik darajasi esa 2,5 barobarga pasaydi. Shu bilan birga, bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddati o‘rtacha 4–5 kunga qisqardi, sog‘ayish jarayoni tezlashdi va hayot sifat ko‘rsatkichlari 40–45 foizga yaxshilandi. Innovatsion usulning joriy etilishi shoshilinch jarrohlik yordamining samaradorligini oshirib, aholi salomatligini saqlashda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qon ketish residivlari va majburiy operatsiyalar sonining keskin kamayishi natijasida har bir bemor hisobiga sarf-xarajat o‘rtacha 1400000 so‘mga qisqardi. Bu ko‘rsatkich yillik 100 nafar bemorni davolashda taxminan 140000000 so‘mlik iqtisodiy tejamni ta’minladi. Shuningdek, operatsiya vaqtining qisqarishi va reoperatsiya ehtiyojining kamayishi tufayli dori vositalari, narkoz moddalari hamda asbob-uskunalar sarfi 25–30 foizga kamaydi. Xulosa: yuqori texnologiyali laparoskopik-endoskopik gibrid gemostaz usuli qo‘llanilishi natijasida klinik samaradorlik 60 foizga, iqtisodiy samaradorlik 35–40 foizga oshdi, umumiy integral samaradorlik ko‘rsatkichi esa 50 foizdan yuqori darajada bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish