Niyazov Adxam Abduganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududini transport-geografik rayonlashtirish”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr286.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furqat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Lutfullo Ziyadullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Isaev Akbarjon Abdulhamidovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil va temir yo‘l transport tarmoqlarining parametrlarini integral baholash asosida O‘zbekiston hududini transport-geografik rayonlashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi punktlarini bog‘lovchi yo‘llar va ularning kesishma nuqtalari, halqa yo‘llari hamda avtonom komponentlari Graflar nazariyasi asosida aniqlangan va tumanlarning transport-topologik xaritasi ishlab chiqilgan;
transport o‘tkazuvchanligi, aholi zichligi, transport tarmoqlari zichligi, Kanskiyning Betta va Pi indekslarini hisoblash usullari kombinatsiyasi yordamida tumanlarning transport-geografik holati miqdoriy va sifatiy baholangan;
hududning transport tarmoqlari zichligi, transport o‘tkazuvchanligi, Kanskiyning Betta va Pi indekslarini baholash orqali tumanlar 5 ta tipga ajratilgan hamda ularning transport bilan ta’minlanganlik darajasi (juda yuqori, yuqori, o‘rta, past, juda past) aniqlangan;
tumanlarning transport ko‘rsatkichlari va transport integral jadvali hamda mavzuli xaritalar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududi 11 ta transport-geografik rayonlarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududini transport-geografik rayonlashtirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar asosida:
tumanlar chegarasining transport o‘tkazuvchanligini aniqlashga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 18-oktyabrdagi 4/10369-son ma’lumotnomasi). Natijada, tumanlar transport tizimining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
graflar nazariyasi asosida aholi punktlarini bog‘lovchi yo‘llar va ularning kesishma nuqtalari, xalqa yo‘llari hamda avtonom komponentlarni aniqlash asosida tumanlarning transport-topologik kartasi ishlab chiqish bo‘yicha taklif “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2025-yilda nashr etilgan O‘zbekiston hududining transport-geografik rayonlari xaritasining mazmunini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 6-noyabrdagi 05/08-12654-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika iqtisodiy xaritalarining transport tizimiga oid mazmun-mohiyatini boyitishga imkon bergan;
transport ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari orqali tumanlarning transport bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashga oid ilmiy tavsiyalar “Kartografiya” davlat davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2025 yilda nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasining transport-geografik ko‘rsatkichlarining integral xaritasini mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 6-noyabrdagi 05/08-12654-son ma’lumotnomasi). Natijada, tumanlarning transport tizimini xaritalar yordamida o‘rganish imkonini bergan;
hududlarning transport o‘tkazuvchanligi, aholi zichligi, transport tarmoqlari
zichligi, Kanskiyning Betta va Pi indekslari hamda transport integral xaritasi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududini transport-geografik rayonlarga ajratishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 18-oktyabrdagi 4/10369-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlarini transport-geografik holatini baholash imkonini bergan.