Akbarova Marvaroy Muxitdin qizining
Falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Portulaca Oleracea L. va Ziziphora Pedicellate L. o‘simliklari asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K882.
Ilmiy rahbarlar: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Iroda Yusupovna, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Rahmatilla Sultonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellata L. o‘simliklarining kimyoviy tarkiblarini aniqlash va ular asosida xalq tabobati uchun shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish hamda kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklarining har xil nisbatdagi kompozisiyalarining antioksidant faolligi spektrofotometrik usuli orqali aniqlanib,, eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan aralashmasi asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari olish uchun resept ishlab chiqilgan;
olingan oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya metodi orqali aniqlanganda Ca, K, Na makroelementlarning miqdori yuqori ekanligi isbotlangan;
“ASBAVOSIR”, “ASBO‘G‘IM” va “ASMADOR” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlardan B2, B9, C hamda flavonoidlardan kversetin, rutin, digidrokversetinning miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlangan;
“ASBAVOSIR”, “ASBO‘G‘IM” va “ASMADOR” oziq-ovqat qo‘shilmalarining antiradikal xususiyati in vitro sharoitida spektroskopik usul yordamida aniqlanishi natijasida IC50 miqdorlari tegishli ravishda ASBAVOSIR 34,5 ± 1,2 µg/ml, ASBO‘G‘IM 30,2 ± 1,6 µg/ml, ASMADOR 58,7 ± 1,5 µg/ml ega bo‘lib yuqori antiradikal faollikka ega ekanligi isbotlangan;
“ASMADOR” oziq-ovqat qo‘shilmasining biologik faolligi in vivo sharoitida jinsiy zaiflikka qarshi kurashish faolligini namoyon qilib, testosteron gormonini oshirishi xususiyati mavjudligi isbotlangan;
tanlangan xom-ashyolar asosida olingan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini xalq tabobati usulida bavosir, bo‘g‘im yallig‘lanishi va jinsiy zaiflik kasalliklarini davolash va profilaktikasi uchun klinik klinik sinov tajribalari orqali shifobaxsh xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida tayyorlangan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga binoan yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan ASBAVOSIR”, “ASBO‘G‘IM” va “ASMADOR” oziq-ovqat qo‘shilmalarini “Oltin Vodiy Tabiati MChJ” da ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnoma (TY 303271760-09:2024) ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024 yil 25 dekabrdagi 26-11b-1101-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot Bosh boshqarmasining 2025yil 20-yanvardagi №020299-sonl xulosasi). Natijada, Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida bavosir, bo‘g‘im og‘rig‘i va jinsiy zaiflikni davolash va oldini olish xususiyatiga ega tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Rortulasa oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Asbavosir, Asbo‘g‘im, Asmador” nomli tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi tovar sifatida sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra quyidagicha: “Rortulasa oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida tayyorlangan, tarkibida K, R, Mg, Fe kabi makro- va mikroelementlar, V, V2, V9 S, RR kabi vitaminlar, kversetin, digidrokversetin, rutin, lyutionin, senerozid kabi flavonoidlar, foydali aminokislotalar, oqsillar, efir moulari kabi tabiiy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 99 490 5 xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilib, davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bojxona laboratoriyasining 2025-yil 24-noyabrdagi №29/05-25-2752-son ma’lumotnomasi). Natijada, Portulaca oleracea L. va Ziziphora pedicellate L. o‘simliklari asosida olingan tovar mahsulotlarni eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.