Suvankulov Sarkorbek Sanjar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida Chirchiq-Ohangaron havzasi muzliklari, ko‘llari va daryolari gidrologik rejimining shakllanish xususiyatlari”, 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr317.
Ilmiy rahbar: Turgunov Daniyar Mannapjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Pirnazarov Ravshan Topvoldievich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq-Ohangaron havzasi muzliklari, ko‘llari va daryolari gidrologik rejimining shakllanish xususiyatlarini eksperimental tadqiqot usullari va zamonaviy GAT texnologiyalari asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirchiq-Ohangaron havzasidagi tog‘ ko‘llarining morfologik (suv yuzasi maydoni, qirg‘oq chizig‘i uzunligi, uzunchoqligi, qirg‘oq chizig‘i rivojlanishi, ko‘l kosasining shakli) hamda morfometrik ko‘rsatkichlari (uzunligi, kengligi, hajmi, chuqurligi, maksimal chuqurligi, o‘rtacha chuqurligi) so‘nggi besh yillik uchun aniqlangan;
Chirchiq-Ohangaron havzasidagi tog‘ ko‘llarining muhofaza qilish zonalari hamda sohil bo‘yi mintaqalari zamonaviy GAT texnologiyalari yordamida aniqlangan;
tog‘ muzliklardan to‘yinadigan daryolar va soylar oqimining gidrokimyoviy tarkibini dala sharoitida tadqiq etish asosida minerallashuv darajasining daryo uzunligi bo‘yicha ortib borishi xaritasi yaratilgan;
dala tadqiqotlari natijasida Ohangaron daryosi havzasida maydonlari 0,25 km² gacha bo‘lgan 9 ta tog‘ muzliklari mavjudligi aniqlangan, ularning shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari GAT texnologiyalari yordamida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Chirchiq-Ohangaron havzasida shakllangan tog‘ daryolari, muzliklari hamda ko‘llarining gidrologik rejimini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chirchiq-Ohangaron havzasida shakllangan tog‘ ko‘llarining morfologik (suv yuzasi maydoni, qirg‘oq chizig‘i uzunligi, uzunchoqligi, qirg‘oq chizig‘i rivojlanganligi, ko‘l kosasining shakli) hamda morfometrik ko‘rsatkichlarining (uzunligi, kengligi, hajmi, chuqurligi, maksimal chuqurligi, o‘rtacha chuqurligi) miqdoriy qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida havza suv resurslarini baholash va prognozlash amaliyotida foydalanilgan (Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 01-15/1180-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq-Ohangaron havzasida mavjud 11 ta tog‘ ko‘llarining monitoringini olib borish va shu asosida havzada shakllanadigan suv resurslarini miqdoriy baholash imkoniyati yaratilgan;
Chirchiq-Ohangaron havzasidagi ko‘llarning muhofaza qilish zonalari hamda sohil bo‘yi mintaqalari haqidagi ilmiy asoslangan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 29-iyul 03-03/1-03/3-7486-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ ko‘llarining muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash, ularning sanitariya gigiena holatini saqlash, suv sifati hamda hududning flora va faunasini asrab qolish imkoniyati yaratilgan;
tog‘ muzliklarining erishidan hosil bo‘ladigan suvlar hisobiga to‘yinadigan daryolar va soylar oqimining gidrokimyoviy tarkibini ekspedision tadqiqot usullari orqali o‘rganish asosida minerallashuv darajasining daryo uzunligi bo‘yicha ortib borishi xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida daryolar oqimi sifatini baholash amaliyotida foydalanilgan (Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 01-avgustdagi 01-15/1180-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq-Ohangaron havzasida shakllanadigan daryolar oqimining ular uzunligi bo‘yicha minerallashuv darajasini aniqlash imkonini bergan;
Ohangaron daryosi havzasida olib borilgan dala tadqiqotlari asosida tog‘ muzliklarining GAT texnologiyalari yordamida hisoblangan shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida havzadagi muzliklar holatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 29-iyul 03-03/1-03/3-7486-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chotqol tizmasi janubi sharqiy qismida shakllangan muzliklar hamda morena yotqiziqlarining miqdor va hajm ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatini yaratilgan.