Usmonov Ahrorbek Uyg‘un o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyatida aholi manzilgohlarining shakllanish va rivojlanish istiqbollari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Gr354.
Ilmiy rahbar: Kadirov Murodillo Aslamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Qurbonov Pahlavon Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyat aholi manzilgohlarining shakllanish va rivojlanish istiqbollarini, aholi manzilgohlarining hududiy tashkil etilishining ilmiy jihatdan baholash asosida uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat aholi manzilgohlarining aholisi soni, bajaradigan funksiyasi hamda xo‘jalik ixtisoslashuviga ko‘ra klassifikatsiyasi takomillashtirilgan.
Buxoro viloyati aholi manzilgohlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy, tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillar aniqlangan va ushbu omillarning ta’sir darajasidan kelib chiqib viloyat hududi rayonlashtirilgan.
Buxoro viloyati aholisi sonining o‘sishi hamda joylanishiga ta’sir etuvchi omillarni shahar, shaharcha va qishloq aholi manzilgohlari kesimida aniqlash natijalari hamda aholi soni, hududiy tarkibining ekstropolyasiya usuli asosida 2040-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Buxoro viloyati shahar va shaharchalarining urbanizatsiya darajasi va hududiy urbanistik, demografik tarkibi, aholi manzilgohlarining geografik modeli hamda mintaqalar bo‘yicha joylanishi kartalari ArcGIS dasturi asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati aholi manzilgohlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyati shahar, shaharcha va qishloq aholi manzilgohlarining hududiy tarkibi, aholisi soni, bajaradigan funksiyasi va xo‘jalik ixtisoslashuviga ko‘ra guruhlangan va aholining joylanishi, ulardagi geodemografik va iqtisodiy geografik ko‘rsatkichlar “Buxoro viloyati aholi manzilgohlari” nomli kartada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgust 05/9132-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati aholi manzilgohlari to‘ri va tarkibining rivojlanishini takomillashtirishda ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini bergan;
Buxoro viloyati hududini aholi joylanishiga ta’sir etuvchi tabiiy, tarixiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografik omillar asosida rayonlashtirish natijalari hamda shu asosda yaratilgan “Buxoro viloyati aholi manzilgohlarining geografik modeli” nomli kartasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgust 05/9132-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi qishloq aholi manzilgohlarning xizmat ko‘rsatish sohalari bilan ta’minlaganlikdagi hududiy farqlarni aniqlash hamda hududlar rivojlanishini yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda ijobiy natijalarga erishish imkonini bergan;
Buxoro viloyati aholisi sonining o‘sishi hamda joylanishiga ta’sir etuvchi omillarni shahar, shaharcha va qishloq aholi manzilgohlari kesimida aniqlash natijalari hamda aholi soni, hududiy tarkibining ekstropolyasiya usuli asosida 2040-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda “Aholi geografiyasi demografiya asoslaridan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan va hududni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20-dekabrdagi 02/01-01-155-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu talabalarning hududdagi aholi manzilgohlarining kelajakdagi holatini baholay olishi uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni aniqlash kompetensiyasini takomillashtirish imkonini bergan;
Buxoro viloyati shahar va shaharchalarining urbanizatsiya darajasi va hududiy urbanistik, demografik tarkibi, aholi manzilgohlarining geografik modeli hamda mintaqalar bo‘yicha joylanishi kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 18-avgust 05/9132-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartalar Buxoro viloyati aholi manzilgohlarining to‘ri va tizimini yanada chuqur tahlil etish imkonini bergan.