Muminov Baxriddin Saidumarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Elektroliz usuli bilan aminlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5584.
Ilmiy rahbar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad, kimyo fanlari doktori, professor; Voxidov Erkin Alievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektroliz usuli bilan karbamid va ammoniy xlorid asosida melamin olish, monoetanolamin va ammoniy gidroksiddan etilendiamin olish, nitrobenzoldan anilin olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektroliz usuli bilan karbamid va ammoniy xlorid asosida melamin olingan, monoetanolamin va ammoniy gidroksiddan etilendiamin olingan, nitrobenzoldan anilin olingan;
melamin elektrosintezi uchun maqbul tok zichligi 19 mA/sm2, kuchlanish esa 3,5 V, etilendiamin uchun tok zichligi 17 mA/sm2, kuchlanish esa 4 V, anilin uchun tok zichligi 13 mA/sm2, kuchlanish esa 2,5 V ekanligi aniqlangan;
melamin, etilendiamin elektrosintezi uchun 45-50℃ harorat, anilin elektrosintezi uchun 20-25℃ harorat maqbul ekanligi aniqlangan;
elektroliz usuli bilan olingan aminlarning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilib, analog sifatida olingan aminlar (melamin CAS:108-78-1, etilendiamin CAS:107-15-3, anilin CAS:62-53-3) bilan mos ekanligi isbotlangan;
elektroliz usuli bilan melamin sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan va texnik-iqtisodiy samaradorligi nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Elektroliz usuli bilan etilendiamin, melamin, anilin olish texnologiyasini ishlab chiqish va olingan aminlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektroliz usuli bilan sintez qilingan etilendiamin asosida “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida (Qashqadaryo viloyati) EDE-1 va EDE-2 korroziya ingibitorlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya QK ning 2025 yil 8 avgustdagi 165-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektroliz usuli bilan olingan etilendiamin asosidagi korroziya ingibitorini qo‘llab metal quvurlarning yuqori darajada korroziyadan himoyalanish imkonini bergan;
elektroliz usuli bilan olingan etilendiamin asosidagi korroziya ingibitorini “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan, sanoat miqyosida sinovdan o‘tkazilgan (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya QKning 2025 yil 8 avgustdagi 165-son ma’lumotnomasi). NGH (RH) 39.0-051:2007 yo‘riqnomasi talablariga mos kelgan, EDE-1 va EDE-2 korroziya ingibitorlari 500 mg/l suv-moyli sistemada 90,3 va 91,7 himoyalash darajalarini ko‘rsatgan, GOST talablariga muvofiq ekanligi aniqlangan. Natijada ushbu korroziya ingibitorlari metal quvurlarda foydalanish imkonini bergan.