Buriev Sayfutdin Amirqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Serpentinit qo‘shimchali modifikatsiyalangan ammoniy selitra texnologiyasi”, 02.00.13 - “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6110.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ammoniy nitrat suyuqlanmasiga serpentinit mineralini kiritish orqali yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqarorlashgan ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
Serpentinitning fizik-mexanik xossalarini aniqlash asosida uni selitraga modifikator sifatida qo‘llashga yaroqliligi isbotlangan;
serpentinit-nitratli suyuqlanmalarning zichlik va qovushqoqligiga muvofiq, ularni purkash usulda donadorlash mumkinligi aniqlangan;
elektron-mikroskopda serpentinit zarrachalari selitra donalaridagi g‘ovaklari va yoriqlariga mustahkam o‘rnashib kristallanish markazlarini hosil qilgan holda NMg-o‘g‘it donalari mustahkamligini 2-4 barobargacha oshirishi, yopishqoqligi va g‘ovakligini 2-3 barobargacha kamaytirishi asoslangan;
NETZSChSTA 409 PC/PG jihozi yordamida serpentinit qo‘shimchali modifikatsiyalangan selitraning dastlabki parchalanish harorati “toza” ammiakli selitraga qaraganda 211 dan 231,6°C gacha oshganligi aniqlangan;
rentgen tahliliga ko‘ra, 170ºC haroratda selitra suyuqlanmasi serpentinit mineralini ma’lum miqdorda parchalashi asosida olingan mahsulot tarkibida Mg(NO3)2 hosil bo‘lishi isbotlangan;
AS va SP asosida optimal nisbatlarda yaxshi tarkib va xossalarga ega bo‘lgan yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqarorlashgan ammiakli selitra olishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ammiakli selitra suyuqlanmasi va mahalliy serpentinit minerali asosida yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqarorlashgan ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammoniy nitrat suyuqlanmasi va serpentinit minerali asosida serpentinit qo‘shimchali yopishqoqligi bo‘lmagan ammiakli selitra olish texnologiyasi «Elektrokimyo-zavod» QK-AJning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2025 yil 2 oktyabr 164-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilayotgan magnizit qo‘shimchasini mahaliy serpentinit mineraliga almashtirish orqali qo‘shimcha xom-ashyoning tannarxini 10,2 barobarga kamaytirish imkonini beradi;
ammiakli selitra suyuqlanmasiga optimal AS : SP = 100 : 22 nisbatda serpentinit mineralini qo‘shish yo‘li bilan termik barqarorlashgan magniyli-ammiakli selitra olish texnologiyasi «Elektrokimyo-zavod» QK-AJning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2025 yil 2 oktyabr 164-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksportga mo‘ljallangan, raqobatbardosh azotli o‘g‘itlar hajmi va turlarini kengaytirish imkonini beradigan, termik barqarorlashgan magniyli-ammiakli selitra namunalari olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish