Soliev Ibodulloxon Ismatullaevichning pedagogika fanlari  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.DSc/Ped557
Ilmiy maslahatchi: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich,    pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mustafoeva Durdona Asilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Alijanova Maxbuba Rustamjanovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillikning joriy etish jarayonini ilmiy asoslash mazkur jarayonni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, boshqaruvning desentralizatsiyasi, moliyaviy va akademik avtonomiya, ta’lim dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, ichki sifatni ta’minlash tizimi orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimiga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etishning ma’muriy-pedagogik mexanizmlari boshqaruv samaradorligini oshirish, strategik va operativ qarorlar qabul qilishda boshqaruv erkinligini ta’minlash, “moliyaviy mustaqillik” va “institutsional avtonomiya” tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
xalqaro ta’lim standartlari (UNESCO, OECD, ESG, NPM, Bologna jarayoni va hok.) talablariga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimi klassik liberal model orqali moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish, kollegial boshqaruv, o‘zini-o‘zi boshqarish, hisobdorlik va shaffoflik, hamda akademik erkinlik prinsiplariga tayangan holda boshqaruv samaradorligi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish modeli tarkibiy komponentlari – normativ-huquhiy, kadrlar siyosati mustaqilligi, ta’lim sifati, innovatsion faollik, moliyaviy-avtonom boshqaruv va strategik rivojlanish mexanizmlari xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish samaradorligini nazorat qilishning baholash mezonlari - modernizatsiyalashga qaratilgan, global ta’lim maydonida raqobatbardoshligini ta’minlash, innovatsion rivojlanish, strategik moslashuvchanlik va boshqaruv jarayonlarini menejment kompetensiyalari orqali takomillashtirish. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillikning joriy etish jarayonini ilmiy asoslash “akademik erkinlik”, “moliyaviy mustaqillik”, “o‘zini-o‘zi boshqarish”, “avtonomiya” kabi institutsional (birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi) tamoyillarini integratsiyasidan foydalanish samaradorligi va o‘zaro uyg‘unlikda ma’muriy imkoniyatlarini namoyon qilishi asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7201/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimiga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etishning ma’muriy-pedagogik mexanizmlari o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, talabalarni jalb qilish va ularga ishlash va o‘qish sharoitlarini yaratishda erkinlik, ma’muriy muxtoriyat (lavozimga tayinlash), akademik mustaqillik va moliyaviy (mablag‘larni tasarruf etish) kompleksiga asoslanishi imkoniyatini yaratuvchi muqobil va tabaqalashtirilgan variativ dasturlarini kiritishning nazariy asoslari ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan  “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari senariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 18-apreldagi 05-09-492-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar teleko‘rsatuv hamda eshittirishlarning ommabopligi va dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan; 
    xalqaro ta’lim standartlari (UNESCO, OECD, ESG, NPM, Bologna jarayoni va hok.) talablariga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimi klassik liberal model orqali moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish, kollegial boshqaruv, o‘zini-o‘zi boshqarish, hisobdorlik va shaffoflik, hamda akademik erkinlik prinsiplariga tayangan holda xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyatlari asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7201/04-son dalolatnomasi). Natijada loyiha doirasida xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
    oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish modeli tarkibiy komponentlari - normativ-huquhiy, kadrlar siyosati mustaqilligi, ta’lim sifati, innovatsion faollik, moliyaviy-avtonom boshqaruv va strategik rivojlanish mexanizmlari xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlil qilish demokratik yondashuv va akademik ta’lim muhitini shakllantirishga qaratilganligi asoslanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7201/04-son dalolatnomasi). Natijalar asosida xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalariga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan;
xalqaro standartlar asosida oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga institutsional mustaqillik tamoyillarini joriy etish samaradorligini nazorat qilishning baholash mezonlari, modernizatsiyalashga qaratilgan “kontrolling menejment” tizimining milliy modelini yaratish hamda xususiy baholovchi tarmoqni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari funksional va strategik menejment tamoyillari asosida ochib berilganligiga oid tavsiyalardan “Ta’lim menejmenti” ta’lim sohalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, ularning tayyorgarlik darajasi hamda kompetentligiga qo'yiladigan malaka talablarini modernizatsiyalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 02/01-01-594-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar “Ta’lim menejmenti” ta’lim sohalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmunini metodik boyitishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish