Boymirzaeva Dilbar Dmitrievnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie mexanizmov organizatsii i upravleniya protsessom formirovaniya sotsial`noy kreativnosti u budushhix menedjerov obrazovaniya”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped817
Ilmiy maslahatchi: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Narkabilova Gulnoza Pulatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Djuraev Akbar Salimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatning tashkiliy va boshqaruv tuzilmasi komponentlari aniqlangan, shuningdek, ularning ijtimoiy-kreativ faoliyati tuzilmasi asosiy va yordamchi pedagogik funksiyalari (boshqaruv, tashkil etish, loyihalash, metodik ta’minot, texnologik qo‘llab-quvvatlash) tasnifi hamda umumkasbiy hamda soha (kognitiv va ijtimoiy) kompetensiyalarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning tashkiliy va boshqaruv mexanizmlarini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar (munosabat, rejalashtirish, tahlil, tayyorgarlik, hamkorlik) va talablar (operativlik, miqyoslik, targ‘ibot va tashviqot) ishlab chiqilgan, ularni o‘quv faoliyatiga integratsiya qilish modeli (rektor — innovator-o‘qituvchi — talaba — ota-ona hamkorligi) taklif etilgan;
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-qidiruv va novatorlik bosqichlari mazmuni, ushbu jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi ishlab chiqilgan;
boshqaruv faoliyatini loyihalashga tashkiliy-kreativ va integratsion yondashuvlar asosida interaktiv metodlar va o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash orqali bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish jarayonida o‘zini o‘zi baholashga yo‘naltirilgan avtomonitoring metodining pedagogik imkoniyatlari motivatsion, kognitiv, operatsion va refleksiv ko‘rsatkichlar bo‘yicha tashkiliy va boshqaruv ko‘nikmalari rivojlanish darajasini tizimli baholashga urg‘u berilgan holda kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatning tashkiliy va boshqaruv tuzilmasi komponentlari aniqlangan, shuningdek, ularning ijtimoiy-kreativ faoliyati tuzilmasi asosiy va yordamchi pedagogik funksiyalari (boshqaruv, tashkil etish, loyihalash, metodik ta’minot, texnologik qo‘llab-quvvatlash) tasnifi hamda umumkasbiy hamda soha (kognitiv va ijtimoiy) kompetensiyalarni aniqlash asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7200/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi uzlyuksiz ta’limda tashkiliy va boshqaruv tuzilmalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligiga xizmat qilgan;
ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning tashkiliy va boshqaruv mexanizmlarini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar (munosabat, rejalashtirish, tahlil, tayyorgarlik, hamkorlik) va talablar (operativlik, miqyoslik, targ‘ibot va tashviqot) ishlab chiqilgan, ularni o‘quv faoliyatiga integratsiya qilish modelini (rektor — innovator-o‘qituvchi — talaba — ota-ona hamkorligi) takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari senariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 18-apreldagi 05-09-495-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning tashkiliy va boshqaruv mexanizmlarini xarakterlovchi dastur va ko‘rsatuvlar yaratilishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-qidiruv va novatorlik bosqichlari mazmuni, ushbu jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasini ishlab chiqishga doir ilmiy yangiliklardan Oʻzbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy taʼlim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7200/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi amaliy loyiha doirasida belgilangan ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning integrallashgan metodik tizimini modernizatsiyalashga doir vazifalarni amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
boshqaruv faoliyatini loyihalashga tashkiliy-kreativ va integratsion yondashuvlar asosida interaktiv metodlar va o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash orqali bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar “60112500 - Maktab menejmenti”, “60110100 – Pedagogika” ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 02/01-01-595-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak ta’lim menejerlarini tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarishga yo‘naltirilgan ta’lim standartari va talablariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirish jarayonida o‘zini o‘zi baholashga yo‘naltirilgan avtomonitoring metodining pedagogik imkoniyatlarini motivatsion, kognitiv, operatsion va refleksiv ko‘rsatkichlar bo‘yicha tashkiliy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlanish darajasini tizimli baholash orqali metodik imkoniyatlarini kengaytirishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-dekabrdagi 11-05-7200/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak ta’lim menejerlarida ijtimoiy kreativlikni shakllantirishning tashkiliy va boshqaruv mexanizmlarini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar va talablarni aniqlashtirishga xizmat qilgan.