Nazarov Farxodjon Allaberdievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Barkamol avlod bolalar maktablari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped.4518 
Ilmiy rahbar: Rajabov To‘xtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xamroev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Barkamol avlod bolalar maktablari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish mazmuni emotsional-idrokiy, aksiologik va faoliyatli-ijodiy mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda mashg‘ulot jarayonida badiiy-g‘oyaviy va psixologik tahlil qilish; ijodiy interpretatsiya va jamoaviy ijroni tashkil etish; refleksiv baholash va estetik munosabatni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodik echim sifatida ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilingan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq qo‘shiqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari badiiy-estetik idrok, emotsional madaniyat, ijtimoiy-ijodiy faollikni oshirish va milliy-madaniy muhit va estetik ta’lim makonini shakllantirishni ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlari ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan;
xalq qo‘shiqlari orqali estetik tarbiya samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi diagnostik mezon va ko‘rsatkichlar tizimi mashg‘ulot davomida “tanlash → tahlil → interpretatsiya → ijro → refleksiya” zanjirini ta’minlashga yo‘naltirilgan emotsional ta’sirchanlik, badiiy idrok, ijodiy faollik, milliy-aksiologik munosabat ko‘rsatgichlarini belgilovchi baholash darajalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
xalq qo‘shiqlari asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim modeli estetik, milliy-aksiologik va badiiy-ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik, psixologik va aksiologik komponentlar mazmuni bilan integratsiyalashgan milliy qadriyatlarni anglash, badiiy tafakkur va estetik didni o‘stirishni ta’minlovchi innovatsion pedagogik vositalarni joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barkamol avlod bolalar maktablari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish texnologiyasi o‘quv jarayonidagi gibrid ta’lim: an’anaviy ta’lim+raqamli amaliyot, “Peer-to-peer learning” (o‘quvchilarning o‘zaro ijodiy ishlarini tanqidiy mulohaza qilish)  metodlaridan foydalanish hisobiga mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etishga doir xulosalardan Buxoro davlat universitetining “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixolagik mexanizimlari” (2017-2020-y.y.) mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihasini “Barkamol avlod maktab o‘quvchilarini xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari” qismini bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-maydagi 01/09-son ma’lumotnomasi), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan 429-595 raqamli “Folklor – etnografik jamoalari bilan ishlash” darsligi nashr qilindi. Natijada, barkamol avlod maktablarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga erishilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq qo‘shiqlaridan foydalanishning metodik imkoniyati tinglash-aytish koordinatsiyasini mustahkamlash va professional ijro texnikasi  shakllanishi uchun  solo (yakkaxon) va jamoaviy (xor yoki ansambl), cappella (cholg‘usiz) bilan ishlash jarayoni vokal va improvizatsion (erkin) musiqiy usullaridan ta’lim jarayonida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 16-maydagi 02/07-1786/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, barkamol avlod maktablari o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari shakllantirilgan; barkamol avlod maktablarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash modeli “Yor-yor”, “Alla”, “Navro‘z” qo‘shiqlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida estetik did, badiiy tafakkur, milliy g‘urur, ovoz, ritm va sahna madaniyati ko‘nikmalari “Qo‘shiqlar bayrami”, “Bizning merosimiz” nomli tadbirlar orqali integratsiyalashga doir amaliy tavsiyalar “Turdosh cholg‘ularni o‘rganish” fortepiano ijrochiligida ilmiy-metodlarni rivojlantirish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Termiz davlat universiteti rektorining  2024-yil 29-aprel sanasidagi 226-PO‘ sonli buyrug‘iga, 226-PO‘-009 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada barkamol avlod maktablarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qituvchi-o‘quvchi faoliyatini modellashtirish orqali o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish