Komilov Asror Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahar jamoat transportiga raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholash”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3652
Ilmiy rahbar: Ravshanov Malik Naimovich – iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc 16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kaxxorov Avaz Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), proofessor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarda raqamli transformasiyani amalga oshirishda TOE modeli asosida tahlil amalga oshirilib infratuzilmaviy va institutsional muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi;
transport sohasini raqamlashtirishga oid vazifalarni amalda samarali tatbiq etish bo‘yicha davlat organlari va transport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan mexanizm taklif etildi;
transport sohasi faoliyatini baholashda DEA va PCSE regressiya modellari kabi empirik usullar va raqamli texnologiyalarni o‘zaro integrallashtirish asosida O‘zbekiston jamoat transporti muhitiga moslashtirilgan mavjud fragmentatsiyalangan baholash uslublarini tizimlashtirishga xizmat qiluvchi kompleks yondashuv ishlab chiqildi;
shahar jamoat transporti tizimida raqamli transformasiya va korxonalar faoliyati samaradorligini har bir qaror qabul qiluvchi birliklar kesimida benchmarking usulidan foydalangan holda resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi o‘lchovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarda raqamli transformasiyani amalga oshirishda TOE modeli asosida tahlil amalga oshirilib infratuzilmaviy va institutsional muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklifdan “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2025 yil 13 noyabrdagi 01/4-08-1/14455-4678-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida jamoat transport tizimining umumiy barqarorligi va funksional samaradorligi oshib, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati sezilarli darajada oshgan. Aholining barcha ijtimoiy qatlamlari, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarning transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaxshilangan;
transport sohasi faoliyatini baholashda DEA va PCSE regressiya modellari kabi empirik usullar va raqamli texnologiyalarni o‘zaro integrallashtirish asosida O‘zbekiston jamoat transporti muhitiga moslashtirilgan mavjud fragmentatsiyalangan baholash uslublarini tizimlashtirishga xizmat qiluvchi kompleks yondashuv “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2025 yil 13 noyabrdagi 01/4-08-1/14455-4678-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatini tanqidiy baholash asosida takomillashtirishga olib kelib shahar ichida harakatlanish tezligi oshgan, energiya va yoqilg‘i sarfi qisqargan hamda umumiy ijtimoiy farovonlik darajasi oshgan;
shahar jamoat transporti tizimida raqamli transformasiya va korxonalar faoliyati samaradorligini har bir qaror qabul qiluvchi birliklar kesimida benchmarking usulidan foydalangan holda resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi o‘lchovchi ko‘rsatkichlar tizimi “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2025 yil 13 noyabrdagi 01/4-08-1/14455-4678-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatida resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan;
transport sohasini raqamlashtirishga oid vazifalarni amalda samarali tatbiq etish bo‘yicha davlat organlari va transport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif etilgan mexanizm “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2025 yil 13 noyabrdagi 01/4-08-1/14455-4678-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati manfaatlariga mos keluvchi idoraviy qarorlarni qabul qilishni ta’minlagan hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan muammolarga tezkor javob berish mexanizmlari shakllangan.