Yusupov Kudratjon Muxammadqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion rivojlanish sharoitida qishloq xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlashning boshqarish tizimini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4255
Ilmiy rahbar: Tashmatov Shuxratjon Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05 
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilxom Abbosovichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion rivojlanish sharoitida qishloq xo‘jaligining kelajakdagi rivojlanishini hisobga olgan holda malakali kadrlar bilan ta’minlashning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida bozor talablari hamda texnologik o‘zgarishlarga moslashuvchan loyiha asosidagi boshqaruv tizimini joriy etish mexanizmi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida agrar sohani kadrlar bilan ta’minlashning maqsadli dasturi “innovatsion va natijaviy boshqaruv” ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga “Ta’lim + Konsalting + Servis” integratsiyalashgan modeli asosida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi sohasining “funksional”, “tashkiliy-institutsional” jarayonlari asosida qishloq xo‘jaligi kadrlarini tayyorlashga oid o‘quv dasturlarini boshqariuv tizimining asosiy qoidalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida qishloq xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlash jarayoni boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida bozor talablari hamda texnologik o‘zgarishlarga moslashuvchan loyiha asosidagi boshqaruv tizimini joriy etish mexanizmi bo‘yicha tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 08-noyabrdagi 05/04-04-564-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi natijasida resurslarni moslashuvchan taqsimlashga, innovatsion dasturlarni amalga oshirish davrini qisqarishiga, ta’lim tizimida ta’lim mazmunining muntazam yangilab borish imkoniyati yaxshilanishga erishilgan; 
qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlarida agrar sohani kadrlar bilan ta’minlashning “innovatsion va natijaviy boshqaruv” ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan maqsadli dasturi bo‘yicha berilgan tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 08-noyabrdagi 05/04-04-564-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligining tarmoqlari kesimida aniq ehtiyojga mos mutaxassislar tayyorlashga, innovatsion o‘quv dasturlarini yaratilishiga hamda “ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish” integratsiyasini yahshilanishiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga “Ta’lim + Konsalting + Servis” integratsiyalashgan modeli asosida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish mexanizmini qo‘llash yuzasidan berilgan taklif  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 08-noyabrdagi 05/04-04-564-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatish orqali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini buyrtmachi korxonalar extiyojlariga mos ravishda tashkil etilishiga, markazlarning buydjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlarini ortishiga erishilgan, moliyaviy barqarorlik va resurslardan foydalanish samaradorligi yaxshilangan; 
qishloq xo‘jaligi sohasining “funksional”, “tashkiliy-institutsional” jarayonlari asosida qishloq xo‘jaligi kadrlarini tayyorlashga oid o‘quv dasturlarini boshqariuv tizimining asosiy qoidalari yuzasidan berilgan taklif  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 08-noyabrdagi 05/04-04-564-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni tizimli o‘zlashtirilishini ta’minlab, o‘quv jarayonini muntazam monitoring qilish, bozor talabiga mos mutaxassislar tayyorlash, o‘quv jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish