Kamoldinova Nargiza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar tadbirkorligi faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2678.
Ilmiy rahbar: Israilova Dilfuza Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Oqboev Alisher Rasuljanovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;   Tajibaev Komiljon Qurbanovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollar tadbirkorligi faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ayollar tadbirkorligi sub'ektlarida ishlab chiqarish samaradorligini miqdoriy va tahliliy baholashni ta'minlovchi mezon sifatida ishlab chiqarish samaradorligi darajasi (KIChSD) ko‘rsatkichi asosida korxonalarni “eng samarali korxonalar” (KIChSD > 0,520), “yaxshi ishlayotgan korxonalar” (0,490 ≤ KIChSD ≤ 0,520) va “past samaradorlikdagi korxonalar” (KIChSD < 0,490) darajalarga segmentatsiya qilishga imkon beradigan uch bosqichli baholash modeli ilmiy jihatdan asoslangan; 
tadbirkor ayollar rahbarligidagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi asosiy omillarning taklif funksiyasi ta'siridagi o‘zgarishi darajasi mahsulot narxi (O‘DMN = 2,372 foizga o‘sish) hamda kredit stavkalari (O‘DKS = 0,062 foizga pasayish) bo‘yicha asoslangan;
hududdagi ayollar tadbirkorligi faoliyatini rivojlantirishning imkoniyatlari innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarining darajasi, xususiy sektor va investision faollik, mahalliy va hududiy rivojlanish ssenariylari asosida baholashning “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” darajadagi holatlarini ifodalovchi mezonlar orqali takomillashtirilgan;
Andijon viloyatida xususiy investisiyalar, imtiyozli kreditlar, raqamli savdo ulushi va ish bilan band ayollar omillari asosida ayollar tadbirkorligi ulushining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ayollar tadbirkorligi faoliyatini rivojlantirish orqali uning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
ayollar tadbirkorligi sub'ektlarida ishlab chiqarish samaradorligini miqdoriy va tahliliy baholashni ta'minlovchi mezon sifatida ishlab chiqarish samaradorligi darajasi (KIChSD) ko‘rsatkichi asosida korxonalarni “eng samarali korxonalar” (KIChSD > 0,520), “yaxshi ishlayotgan korxonalar” (0,490 ≤ KIChSD ≤ 0,520) va “past samaradorlikdagi korxonalar” (KIChSD < 0,490) darajalarga segmentatsiya qilishga imkon beradigan uch bosqichli baholash modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-ilovasida Andijon viloyati Bo‘ston, Izboskan, Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlarida ayollar rahbarligidagi to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan korxonalar tovarlar diversifikatsiyasi va “drayver sohalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 21-231-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyatidagi ayollar rahbarligidagi korxonalar tovarlar diversifikatsiyasi samaradorligi darajasini “Asel-rivoj tekstil” XK - 3,25%, “Barqaror tekstil” XK - 9,8%, “Bogʻishamol tekstil lyuks” MChJ - 4,67% hamda “Taraqqiyot tekstil rivoj” MChJ - 2,33% oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
tadbirkor ayollar rahbarligidagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi asosiy omillarning taklif funksiyasi ta'siridagi o‘zgarishi darajasi mahsulot narxi (O‘DMN = 2,372 foizga o‘sish) hamda kredit stavkalari (O‘DKS = 0,062 foizga pasayish) bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori 3-ilovasining 26-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 21-231-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayollar tadbirkorligi korxonalarida xavf-xatar va ilmiy yangiliklarni joriy etish hamda tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish hisobiga kichik ayollar tadbirkorligidan yirik ayollar tadbirkorligi darajasiga aylanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
hududdagi ayollar tadbirkorligi faoliyatini rivojlantirishning imkoniyatlari innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarining darajasi, xususiy sektor va investision faollik, mahalliy va hududiy rivojlanish ssenariylari asosida baholashning “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” darajadagi holatlarini ifodalovchi mezonlar orqali taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 4-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 21-231-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyati Bo‘ston, Izboskan, Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlarida ayollar rahbarligidagi korxonani muqobil ssenariy yo‘nalishlarida moliyalashtirish manbalarining parametrlariga muayyan darajada xizmat qilgan;
Andijon viloyatida xususiy investisiyalar, imtiyozli kreditlar, raqamli savdo ulushi va ish bilan band ayollar omillari asosida ayollar tadbirkorligi ulushining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini hisobga olish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 204-son “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 21-231-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyatidagi ayollar tadbirkorligi ulushni 2030-yilda 59 foizga hamda “Asel-Rivoj tekstil” xususiy korxonasining 2030-yildagi ishlab chiqarish hajmi 198881,1 ming. so‘m o‘zlashtirish imkoniyatini yaratishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish