Xamraev Samariddin Baxrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda kasb etikasining falsafiy tahlili, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal888
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Allayorova Marhabo Mavlonovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kasb etikasining mohiyatini va degradatsiyalarining mental munosabatlarga zid sifatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi O‘zbekistonda namunali kadrlar imidjining kommunikativ, regulyativ, emotsional jabhalarini tizimlashtirish orqali yoshlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi kognitivlik, ijtimoiy persepsiya, empatiya kabi sifatlarni shakllantirish mumkinligi aniqlangan;
qobiliyatli ishchilardagi mehnat faoliyati namoyon bo‘lish darajaviyligi va kreativlik bilan garmonik ifodalanishining kommunikativlik, integrativ “o‘zaro ishonch” munosabatlarining affilyativ motivlari mantiqiy dalillangan;
davlat ishchilari kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan mahalliychilik, nepotizm, lobbizm, favorotizm, korrupsiya singari destruktiv omillarni oldini olishda kasbiy etosferaning barqaror tizimini shakllantirish zarurati ilmiy asoslangan;
“kasb etikasi”, “kasbiy axloq” kategoriyalarining altruizm, deontologiya, pragmatizmga xos xususiyatlari mehnat jamoalari munosabatlaridagi asosiy indikatorlar sifatida yoshlardagi mehnatsevarlik, bag‘rikenglik kabi xislatlarini takomillashtirishga konstruktiv ta’sir etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bugungi globallashuv jarayonida kasb etikasining genezisi, mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda rivojlantirish omillarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
yangi O‘zbekistonda namunali kadrlar imidjining kommunikativ, regulyativ, emotsional jabhalarini tizimlashtirish orqali yoshlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi kognitivlik, ijtimoiy persepsiya, empatiya kabi sifatlarni shakllantirish mumkinligiga doir xulosa va amaliy takliflardan 46-11/50-raqamli “Samarqand viloyatida “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha onlayn elektron ziyorat turizmi obektlari portalini yaratish” mavzusidagi grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2024-yil 25-yanvardagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish va yoshlardagi mehnatsevarlik, bag‘rikenglik kabi xislatlarini takomillashtirishda konstruktiv ta’sir etishiga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
qobiliyatli ishchilardagi mehnat faoliyati namoyon bo‘lish darajaviyligi va kreativlik bilan garmonik ifodalanishining kommunikativlik, integrativ “o‘zaro ishonch” munosabatlarining affilyativ motivlari bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi doirasida: “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivajlantirish” Konsepsiyasi loyihasini; “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni va “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 6-fevraldagi 03-12-17-709-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning fuqarolik pozisiyasi va faolligini kuchaytirish, farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar, etuk mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qilgan;
davlat ishchilari kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan mahalliychilik, nepotizm, lobbizm, favorotizm, korrupsiya singari destruktiv omillarni oldini olishda kasbiy etosferaning barqaror tizimini shakllantirishiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yildagi chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” nomli 37-bandi ijrosini ta’minlashda, yani “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 20-fevraldagi 83-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda kasb etikasini rivojlantirishning falsafiy-axloqiy jihatlarini tahlil etishga xizmat qilgan;
“kasb etikasi”, “kasbiy axloq” kategoriyalarining altruizm, deontologiya, pragmatizmga xos xususiyatlari mehnat jamoalari munosabatlaridagi asosiy indikatorlar sifatida yoshlardagi mehnatsevarlik, bag‘rikenglik kabi xislatlarini takomillashtirishda konstruktiv ta’sir etishiga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand” telekanalida 2024-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-martdagi 01-07/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshib, o‘zbek xalqiga xos kasbiy etikaning genezisi, axloqiy evolyusiyasi va namunali kadrlar imidjining yoshlarimiz ongida shakllantirish mexanizmlarini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.