O‘rozov Shahobiddin Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umuoıiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Amir Temuming ijtimoiy faoliyatida ratsionallik va huquqiy ong sintezî”, 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.(PhD)/Fal1024
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Azizqulov Akram Abduraxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘aybıdlaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Kuchkarova Fazilat Xonkeldievna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘na1ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Amir Temur xarizmatik legitimligining ratsional mohiyatini va huquqiy ong sintezi bo‘1gan davlat boshqaruv refleksiyasini mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ratsionallikka asoslangan xarizmatik legitimlik Amir Temur olib borgan islohotlarning muvaffaqiyati hamda Markaziy Osiyoda II Renessansning vujudga kelishida zamin bo‘lganligi mantiqiy Îsbotlab berilgan;
Amir Temuming “rosti-rusti”, ya'ni “haq bo‘lsang-najot topasan” degan adolatli tamoyili huquqiy ong sintezi ekanligi hamda bugungi kunda tamagirlik, nepotizm kabi kotrupsion holatlarga qarshi kurashishdagi ahamiyati asoslangan;
Amir Temur faoliyatidagi ratsionallik tamoyilini ahamiyati Ibn Ambshohni+ıg “Amir Temur tarixi” va Muhaınınad Amin SlıayKuning “Buyuk Temurlang haqida haqiqat” kabi tarixiy manbalarining komparativistik tahlili asosida dalillangan;
“Temur tuzuklari” asarining huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, yosMar huquqiy ongi va ratsional tafakkuri taraqqiyotiga konstruktiv (bunyodkor) ta’siri hamda milliy davlatchiligimiz tarixida ijtimoiy-siyosiy munosabatlami tartibga solishda muhim manba ekanligi asoslangan.’
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur ma’naviy merosi va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘mini ko‘rsatishga oid tadqiqot asosida:
ratsionatlikka asoslangan xarizmatik legitimlik Amir Temur olib borgan islohotlarning muvaffaqiyati hamda Markaziy Osiyoda II Aenessansning vujudga kelishida zamin bo‘lgan1igi mantiqiy îsbotlab berilganligiga oid taklit va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” nomli III yo‘nalishida belgilangan “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusidagj 14-bandi ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 17-yanvardagi 02-22/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot tadbirlarni nazariy va amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
Amir Temurning “rosti-ıusti”, ya’ni “haq bo‘lsang-najot topasan” degan adolatli tamoyili huquqiy ong sintezi ekanligi hamda bugungi kunda tamagirlik, nepotizm kabi kOmıpsıon holatlarga qarsht kurashishdagi ahamiyati asoslanganligiga oid ilmiy yangilik va nazatiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkİrlari tarixiy-falsafîy merosi” nomli ensiklopedik kitobning Amir Temur va “Temur tuzuklari” mavzusida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom  Buxoriy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazining  2023-yil  27-dekabrdagi  02/586-son
 
ma’lumotnomasi). Natijada, Amir Temur davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlashga xizmat qilgan;
Amir Temur faoliyatidagi ratsionallik tamoyilining ahamiyati Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” va Muhammad Amin Shayxuning “Buyuk Temurlang haqida haqiqat” kabi tarixiy manbalarining komparativistik tahlili asosida dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan 2021-yilda bajarilgan “Samarqand viloyatida “Ziyorat turimi”ni rivojlantirish bo‘yicha onlayn elektron ziyorat turizmi obektlari portalini yaratish” mavzusidagi 46-1 I/50 rnqamli amaliy loyiha ijrosida foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2023-yil 28-dekabrdagi 1337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqanddagi mutafakkir allomalar ilmiy merosini o‘rganish asosida hozirgi yoshlar ongi va dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan;
“Teınur tuzuklari” asarining huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, yoshlar huquqiy ongi va ratsional tafakkuri taraqqiyotiga konstruktiv (bunyodkor) ta’siri hamda milliy davlatchiligimiz tarixida ijtimoiy-siyosiy munosabatlami tartibga solishda muhim manba ekanligi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil da efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi hamda “Ta’1im va taraqqiyot” radioeshittirishining navbatdagi soni dastur ssenariysini tayyorlaslıda foydalanilgan (Saınarqand viloyat teleradiokompanîyasining 2023-yil 20-dekabrdagi 01-07/398a-son ma’1umotnomasi). Natijada, hozirgi murakkab globallashuv sharoitida yoshlarimizni turli ma’naviy tahdidlardan himoya etish va ularda milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini shakllantirishda hamda yuksak ma’naviyat1i barkamol avlodni tarbiyalashda Amir Temurning ratsionallikka asoslangan ilmiy merosi muhim nazariy ınanbalardan biri bo‘1ib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish