Raxmankulov Farxod Raximkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni  anglash tuyg‘usi mustahkamlanishiga ma’naviy  sohadagi islohotlarning ta’siri”, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal992
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yazdonova Saxiba Kurbanovna, falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Bugungi ma’naviy sohadagi islohotlarning mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlashdagi pozitiv ta’sirini asoslash va ushbu jarayonni optimallashtirish borasida faoliyat mexanizmini takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda zamonaviy dunyoqarashga asoslangan milliy o‘zlikni teran anglaydigan mulkdorlar avlodini shakllantirishga doir ijtimoiy mas’uliyatlilik, manfaatdorlik, tartibga soluvchilik kabi mulkchilikka xos umuminsoniy qonuniyatlar va Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik singari axloqiy tamoyillar dialektikasi ochib berilgan;
mulkdorlar qatlami orasida milliy o‘zlikni anglash jarayoniga ijobiy ta’sir qilayotgan ma’naviy faoliyat va ma’naviy targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchanligini oshirishning potensial imkoniyatlari asoslangan;
har bir mulkdor hayoti va ma’naviy qiyofasida milliy o‘zlikni anglash xususiyatini mustahkamlash mexanizmini takomillashtirish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijador hamda ijobiy dinamikasini ta’minlashda birlamchi omil ekanligi mantiqiy dalillangan;
mamlakatimiz ma’naviy sohasidagi islohotlarning hozirgi yangilanishi davrida mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yanada mustahkamlash jarayonini optimallashtirishning kreativlikka asoslangan ijtimoiy mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi mustahkamlanishida ma’naviy sohadagi islohotlarning konstruktiv ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy xulosa va amaliy takliflar asosida:
Yangi O‘zbekistonda zamonaviy dunyoqarashga asoslangan milliy o‘zlikni teran anglaydigan mulkdorlar avlodini shakllantirishga doir ijtimoiy mas’uliyatlilik, manfaatdorlik, tartibga soluvchilik kabi mulkchilikka xos umuminsoniy qonuniyatlar va Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik singari axloqiy tamoyillar dialektikasi ochib berilganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining har bir ishsiz yosh kesimida ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Bandlik dastur”ini ishlab chiqishda va uning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 15-yanvardagi 1-08-21-115-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning moliyaviy, iqtisodiy va ma’naviy ongini yuksaltirishga, ularda tadbirkorlik hamda mulkdorlik madaniyatining oshishiga xizmat qilgan;
mulkdorlar qatlami orasida milliy o‘zlikni anglash jarayoniga ijobiy ta’sir qilayotgan ma’naviy faoliyat va ma’naviy targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchanligini oshirishning potensial imkoniyatlari asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” nomli bo‘limida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 15-yanvardagi 02/02-03-son  ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ilmiy nazariy jihatdan takomillashtirishga hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
har bir mulkdor hayoti va ma’naviy qiyofasida milliy o‘zlikni anglash xususiyatini mustahkamlash mexanizmini takomillashtirish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijador va ijobiy dinamikasini ta’minlashda birlamchi omil ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi tomonidan 2022-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmni oldini olishga ko‘maklashish” nomli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazining 2024-yil 27-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlash bilan birgalikda, respublikamiz aholisining mulkdorlik, xususan, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
mamlakatimiz ma’naviy sohasidagi islohotlarning hozirgi yangilanishi davrida mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yanada mustahkamlash jarayonini optimallashtirishning kreativlikka asoslangan ijtimoiy mezonlari aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 765-sonli Qarorining 4-bandi ijrosi ta’minlash yuzasidan 2023-yilda o‘tkazilgan  “Yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish” nomli dasturini ishlab chiqishda hamda uning ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining 2024-yil 18-yanvardagi 8-12/4-18-25-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika aholisi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy va iqtisodiy dunyoqarashini yuksaltirishga, ularda mulkdorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish