Xudayberdiev Mirolim Iskandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalash” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9047 
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muratov Xusan Xolmurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalash mazmuni estetik ideallarni shaxsiy e’tiqodga singdiruvchi vizual-amaliy faoliyat, milliy va umumbashariy estetik qadriyatlar bilan izchil tanishish orqali didning barqaror shaxsiy xususiyat sifatida shakllanishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalashda raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari talabalarga kompozisiya qonunlari (ritm, mutanosiblik, markaz, kontrast)ni vizual raqamli tahlil qilishni o‘rgatish orqali ularni bir mavzuda bir nechta estetik echimlar yaratishga yo‘naltiruvchi ijodiy-refleksiv pedagogik shart-sharoitlar asosida takomillashtirilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalash strategiyalari talabalarning ko‘rish perspektiv (hajm, havo, yorug‘lik) ko‘nikmalarini rivojlantirishga muvofiq milliy ornamentlarni uch o‘lchovli grafika va raqamli vizualizatsiya texnologiyalari orqali fazoviy kompozisiyaga transformatsiya qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalash jarayonining samaradorligi talabalarda kompozision xatolarni anglash ko‘nikmalari shakllanganligining yuqori (xatolarni mustaqil aniqlash va tuzatish), o‘rta (xatolarni o‘qituvchi yo‘rig‘i asosida aniqlash) va quyi (xatolarni anglashda qiynalish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalash mazmuni estetik ideallarni shaxsiy e’tiqodga singdiruvchi vizual-amaliy faoliyat, milliy va umumbashariy estetik qadriyatlar bilan izchil tanishish orqali didning barqaror shaxsiy xususiyat sifatida shakllanishini ta’minlash asosida takomillashtirishga  oid  tavsiyalar “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari uchun “Kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 550854-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kompozision badiiy-estetik didini tarbiyalash mazmuni milliy va umumbashariy estetik qadriyatlar bilan izchil tanishish orqali didning barqaror shaxsiy xususiyat sifatida shakllanishini ta’minlash asosida takomillashtirishga erishilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalashda raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari talabalarga kompozisiya qonunlari (ritm, mutanosiblik, markaz, kontrast)ni vizual raqamli tahlil qilishni o‘rgatish orqali ularni bir mavzuda bir nechta estetik echimlar yaratishga yo‘naltiruvchi ijodiy-refleksiv pedagogik shart-sharoitlar asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan I-OT-2019-9-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 3-dekabrdagi 01-09/659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalashda raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari bir mavzuda bir nechta estetik echimlar yaratishga yo‘naltiruvchi ijodiy-refleksiv pedagogik shart-sharoitlar asosida takomillashtirishga erishilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalash strategiyalari talabalarning ko‘rish perspektiv (hajm, havo, yorug‘lik) ko‘nikmalarini rivojlantirishga muvofiq milliy ornamentlarni uch o‘lchovli grafika va raqamli vizualizatsiya texnologiyalari orqali fazoviy kompozisiyaga transformatsiya qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari uchun “Kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 550854-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalash strategiyalari milliy ornamentlarni uch o‘lchovli grafika va raqamli vizualizatsiya texnologiyalari orqali fazoviy kompozisiyaga transformatsiya qilishga o‘rgatish asosida takomillashtirishga erishilgan;
kompozision badiiy-estetik didni tarbiyalash jarayonining samaradorligi talabalarda kompozision xatolarni anglash ko‘nikmalari shakllanganligining yuqori (xatolarni mustaqil aniqlash va tuzatish), o‘rta (xatolarni o‘qituvchi yo‘rig‘i asosida aniqlash) va quyi (xatolarni anglashda qiynalish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligini asoslashga oid takliflari “Kompozisiya” nomli elektron qo‘llanma mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 24-oktyabrdagi 02/01-01-438-son ma’lumotnomasi). Natijada estetik ideallarni shaxsiy e’tiqodga singdiruvchi vizual-amaliy faoliyat, milliy va umumbashariy estetik qadriyatlar bilan izchil tanishish orqali didning barqaror shaxsiy xususiyat sifatida shakllanishini ta’minlashga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish