Saidova Gulruh Halim qizining fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatini rivojlantirish asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1047.
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibragimovich – pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamurov Baxodir Baxshullaevich – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich – pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatini rivojlantirish asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalarini ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan qarashlarini talaba shaxsini kreativ solohiyatini yuzaga chiqarishga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy pozisiyasiga maqsadli uyg‘unlashtirish, innovatsion va refleksivlik turlariga mos faoliyatni kompleks modellashtirish pedagogik muammoli-tahlil asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirish mazmuni pedagogik-kasbiy “akme”siga erishish traektoriyasini adaptatsiya-kreativ izlanish-o‘zini namoyon qilish bosqichlariga kollaborativligini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatini rivojlantirish modeli komponentlariga tarbiyaviy tadbirni loyihalashning “o‘z o‘zini rivojlantirish”, “kreativ improvizatsiya” va refleksiv monitoring mexanizmlarini interpretativligi umumlashtiruvchi didaktik-tarkibiy tuzilmasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mas’uliyat va ijodkorlikni faollashtirishda o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi refleksiv-kreativ-akmeologik bosqichlarni vizuallashtirish, qadriyatga tayangan tarbiyaviy faoliyatni strategik yo‘nalishlar bilan multkulturali tarbiyani oila-maktab hamkorligi muhitga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirishning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kreativ faollikni kasbiy refleksiya va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, hamkorlik-ijtimoiy muhitning ijodiy va kasbiy salohiyatini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatini rivojlantirish asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga doir natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan qarashlarini talaba shaxsini kreativ solohiyatini yuzaga chiqarishga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy pozisiyasiga maqsadli uyg‘unlashtirish, innovatsion va refleksivlik turlariga mos faoliyatni kompleks modellashtirishga oid taklif va tavsiyalari “Kreativ pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalarini shaxsiy va kasbiy pozisiyaga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirish mazmuni pedagogik-kasbiy “akme”siga erishish traektoriyasini adaptatsiya-kreativ izlanish-o‘zini namoyon qilish bosqichlariga kollaborativligini integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid takliflaridan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55070-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirish mazmunini adaptatsiya-kreativ izlanish-o‘zini namoyon qilish bosqichlar kollaborativligini integratsiyalash orqali takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatini rivojlantirish modeli komponentlariga tarbiyaviy tadbirni loyihalashning “o‘z o‘zini rivojlantirish”, “kreativ improvizatsiya” va refleksiv monitoring mexanizmlarini interpretativligini umumlashtiruvchi didaktik-tarkibiy tuzilmani kiritish orqali takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 11-avgustdagi 01-09/335-son ma’lumotnomasi). Natijada kreativ ta’lim akmeologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirish modeli shaxsiy refleksiyani faollashtiruvchi interaktiv-trening texnikasini tatbiq etish orqali takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mas’uliyat va ijodkorlikni faollashtirishda o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi refleksiv-kreativ-akmeologik bosqichlarni vizuallashtirish, qadriyatga tayangan tarbiyaviy faoliyatni strategik yo‘nalishlar bilan multkulturali tarbiyani oila-maktab hamkorligi muhitga uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslikda tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, qadriyatga tayangan tarbiyaviy faoliyatni strategik yo‘nalishlar bilan multkulturali tarbiyani oila-maktab hamkorligi muhitga uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik-kreativ salohiyatni rivojlantirishning tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kreativ faollikni kasbiy refleksiya va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, hamkorlik-ijtimoiy muhitning ijodiy va kasbiy salohiyatini ta’minlash asosida oshirishga oid taklif va tavsiyalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartibni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 136-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartib”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 03-11/3738-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faolligini kasbiy refleksiya va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, hamkorlik-ijtimoiy muhitning ijodiy va kasbiy salohiyatini ta’minlashga erishilgan.
Ilmiy kengash rais: M.Q.Quronov
Ilmiy kengash kotibi: B.M.Xakimova
Ilmiy maslahatchi:
X.I.Ibraimov
Talabgor:
G.H.Saidova