Ishonkulova Norbiye Islamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilasidagi destruktiv nizolar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P935.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Utepbergenov Marat Allanazarovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek oilasida destruktiv nizolar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiya hamda xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
er-xotinning individual qarashlari orasidagi nomutanosiblikka ko‘ra tomonlarning oilaviy qadriyatlaridagi farqlar muloqotda kompromiss va hamkorlikka intilish ko‘nikmasining turli rakurslarda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli o‘zaro munosabatlardagi latent nizolarning destruktiv konfliktga oilaviy muloqotdagi motivatsion to‘siqlar orqali o‘zgarishi aniqlangan;
oilaviy munosabatlarda er-xotin orasida agressivlikning namoyon bo‘lishi erkaklarda jismoniy, ayollarda verbal tajovuzkorlikning negativizm orqali ekstrapunitiv reaksiyalarda ifodalanishiga ko‘ra oiladagi rollar taqsimotini dushmanlik atributiga oid irratsional ustanovkalar ta’sirida affektiv baholash bilan bevosita bog‘liqligi dalillangan;
oilada destruktiv nizolarning shakllanish dinamikasi shaxslararo munosabatlarda asabiylashganlik, o‘ta tajovuzkorlik, ruhiy siqilish, tortinchoqlik, ta’sirchanlik singari ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib, er va xotinning ijtimoiy rollarni internal lokus nazorat sustligi orqali shaxsiy avtonomiyalarni cheklovchi omil sifatida irratsional baholashi natijasida salbiy vektorga ega bo‘lishi tasdiqlangan;
nizoli vaziyatlarda er-xotinning konstruktiv munosabatlarini saqlab qolish oilaviy kelishmovchiliklarda emotsiyalar nazorati, optimistik kayfiyatning ustunligi, pozitiv muloqotmandlik, shaxslararo empatiya, internal lokus nazoratning “boshqalarni qabul qilish” rakursida ifodalanishi muhimligiga ko‘ra rolli kutilmalardagi irratsional ustanovkalarni tolerantlik sifatlari asosida ratsionalga o‘zgarishi orqali me’yoriy konformizmning namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek oilasida destruktiv nizolar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga osshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
er-xotinning individual qarashlari orasidagi nomutanosiblikka ko‘ra tomonlarning oilaviy qadriyatlaridagi farqlar muloqotda kompromiss va hamkorlikka intilish ko‘nikmasining turli rakurslarda namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli o‘zaro munosabatlardagi latent nizolarning destruktiv konfliktga oilaviy muloqotdagi motivatsion to‘siqlar orqali o‘zgarishi aniqlanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-462-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-462a sonli ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotini yanada boyishi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
oilaviy munosabatlarda er-xotin orasida agressivlikning namoyon bo‘lishi erkaklarda jismoniy, ayollarda verbal tajovuzkorlikning negativizm orqali ekstrapunitiv reaksiyalarda ifodalanishiga ko‘ra oiladagi rollar taqsimotini dushmanlik atributiga oid irratsional ustanovkalar ta’sirida affektiv baholash bilan bevosita bog‘liqligi dalillanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-462-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” “Oila psixologiyasi”  moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-462a sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida oilaviy munosabatlarda destruktiv nizolar oldini olishni aniqlashning psixodiagnostik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
oilada destruktiv nizolarning shakllanish dinamikasi shaxslararo munosabatlarda asabiylashganlik, o‘ta tajovuzkorlik, ruhiy siqilish, tortinchoqlik, ta’sirchanlik singari ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib, er va xotinning ijtimoiy rollarni internal lokus nazorat sustligi orqali shaxsiy avtonomiyalarni cheklovchi omil sifatida irratsional baholashi natijasida salbiy vektorga ega bo‘lishi tasdiqlanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-462-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” “Oila psixologiyasi”  moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-462a sonli ma’lumotnomasi). Natijada Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishida foydalanishga erishilgan.
nizoli vaziyatlarda er-xotinning konstruktiv munosabatlarini saqlab qolish oilaviy kelishmovchiliklarda emotsiyalar nazorati, optimistik kayfiyatning ustunligi, pozitiv muloqotmandlik, shaxslararo empatiya, internal lokus nazoratning “boshqalarni qabul qilish” rakursida ifodalanishi muhimligiga ko‘ra rolli kutilmalardagi irratsional ustanovkalarni tolerantlik sifatlari asosida ratsionalga o‘zgarishi orqali me’yoriy konformizmning namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi asoslanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-462-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” “Oila psixologiyasi”  moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-462a sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyat yuritadigan mutaxassislar va amaliyotchi psixologlarni psixologik xizmat faoliyatiga doir, malaka va ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish