Xolmirzaev Shavkat Abdulazizovichning falsafa doktori (PhD)      dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hamkorlik pedagogikasi asosida xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish (14-15 yoshli o‘quvchilar misolida)” 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 8180 (B2025.6.)
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temur Islamovich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Samatov Dilshodbek Toxirjonovich Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc); Mutalov Saidakbar Xamidullo o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Hamkorlik pedagogikasi asosida xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash jarayonida hamkorlik pedagogikasining tarbiyaviy jarayonni o‘zaro hamkorlik va pedagogik muloqot asosida tashkil etish, pedagogik ta’sirning ijtimoiylashuvga yo‘naltirilgan mexanizmlarini shakllantirishdagi didaktiklari asoslangan;
hamkorlik pedagogikasi asosida xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlarning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlar va jamoaviy faoliyat asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy mexanizmning mazmuniy komponentlari, strukturaviy modeli va amalga oshirish bosqichlari aniqlangan;
hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilgan tarbiyaviy faoliyatning o‘smirlarning ijtimoiy faolligi, jamoaga moslashuvi, mas’uliyatli xulq-atvori va tarbiyaviy jarayondagi faol ishtirokini ta’minlashdagi pedagogik samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali ilmiy jihatdan dalillangan;
xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash jarayonida hamkorlik pedagogikasini qo‘llash samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi pedagogik mezonlar, ko‘rsatkichlar va darajalar tizimi ishlab chiqilib, tarbiyaviy faoliyatni pedagogik monitoring qilish va baholashning metodik asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash jarayonida hamkorlik pedagogikasining tarbiyaviy jarayonni o‘zaro hamkorlik va pedagogik muloqot asosida tashkil etish, pedagogik ta’sirning ijtimoiylashuvga yo‘naltirilgan mexanizmlarini shakllantirishdagi didaktiklari asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil               6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan berilgan 491048-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hamkorlik pedagogikasi asosida o‘smirlar xulqidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
hamkorlik pedagogikasi asosida xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlarning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlar va jamoaviy faoliyat asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy mexanizmning mazmuniy komponentlari, strukturaviy modeli va amalga oshirish bosqichlari aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 20-maydagi 04-14-06-839-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlar xulqidagi og‘ishishni pedagogik jarayon bilan bog‘lashga qaratilgan nazariy-metodologik yondashuv takomillashtirilgan. 
hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilgan tarbiyaviy faoliyatning o‘smirlarning ijtimoiy faolligi, jamoaga moslashuvi, mas’uliyatli xulq-atvori va tarbiyaviy jarayondagi faol ishtirokini ta’minlashdagi pedagogik samaradorligi  bo‘yicha taklif va tavfsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan berilgan 491048-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘smirlar ongini ruhiy, axloqiy, sotsial jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi pedagogik- texnologik echimlardan iborat hamkorlik pedagogikasi tamoyillarini o‘zida mujassam etish darajasi shakllantirilgan.
xulqida og‘ishishi bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlash jarayonida hamkorlik pedagogikasini qo‘llash samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi pedagogik mezonlar, ko‘rsatkichlar va darajalar tizimi ishlab chiqilib, tarbiyaviy faoliyatni pedagogik monitoring qilish va baholashning metodik asoslari isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 20-maydagi 04-14-06-839-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hamkorlik pedagogikasini deviant xulqni korreksiya qilishda qo‘llash samaradorligini muqobil pedagogik tajribalar bilan taqqoslama tahlil asosida baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish