Yuldashev Ravshanjon Rasuljonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ipak qurti va ozuqasini avjlantirish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” , 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5388.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01 (Bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: To‘xtamishev Botir Qo‘nishevich texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Nuriddin Maxamadali o‘g‘li  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ipak qurti urug‘larining jonlanish darajasi va  ularning yashovchanligini oshirish, ekologik sof ozuqa tayyorlash va  ularning mahsuldorligini ko‘paytirish  uchun urug‘i, qurti, tut daraxti novdasi va bargiga elektr faollashtirilgan suv (EFS) hamda ultrabinafsha nur (UBN) bilan ishlov berib avjlantirish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish hamda parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ipak qurti urug‘i, qurti, tut daraxti novdasi va bargiga EFS hamda UBN bilan ishlov berib ularni avjlantiradigan elektrotexnologiya va qurilmalar ishlab chiqilgan;
ipak qurti urug‘i va qurtiga  EFS va  UBN bilan ishlov berib avjlantirish elektrotexnologiyasi va qurilmalari ularning jonlanish darajasi hamda yashovchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
tut daraxti novdasi va bargiga UBN va EFS bilan ishlov berib avjlantirish elektrotexnologiyasi va qurilmasi ularning mahsuldorligini oshirish shartidan kelib chiqib ishlab chiqilgan;
UBN bilan tut daraxti novdalari va barglariga ishlov beradigan qurilmaning parametrlari tut novdalarining barglar soni hamda barglar massasini maksimumga intilish shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipak qurti urug‘i, qurti, tut daraxti novdasi va bargiga EFS hamda UBN bilan ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
     ipak qurti urug‘i, qurti, tut daraxti novdasi va bargiga EFS  va  UBN bilan ishlov berib avjlantirish elektrotexnologiyasi Namangan viloyatining Toʼraqoʼrgʼon tumanidagi “TO‘RAQO‘RG‘ON ZILOL AGROPILLA” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/01-05/02-05/04-03-289-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  ipak qurtlari yaxshi rivojlanib, tut barglarining ozuqaviyligi oshishi hisobiga, pilla hosildorligi 39-40 foizga oshib, bir qutidan o‘rtacha 84 kg, ya’ni qo‘shimcha 24 kg pilla hosili olingan;
ipak qurti urug‘i, qurti, tut daraxti novdasi va bargiga EFS hamda UBN bilan ishlov berib avjlantirish elektrotexnologiyasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining  “Ipak qurti va tut daraxti kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish” laboratoriyasi bilan hamkorlikda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/01-05/02-05/04-03-289-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, plantatsiyadagi tut daraxtlarining bargini son va sifat koʼrsatkichlari yaxshilanib,barg hosilini 2-3 barobarga ko‘paytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish