Yusupova Ziyuar Ru’stem qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash xomashyodan mayda naqshli o‘rilishldagi kostyumbop to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/5126
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxadirjon Kimsanbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulomjon Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aralash xomashyodan yangi o‘rilishli kostyumbop to‘qimalarni loyihalash, muqobil texnologik parametrlarini aniqlash hamda ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kostyumbop to‘qimalarning assortimentini kengaytirish maqsadida aralash tarkibli xomashyodan yangi uch hil o‘rilishdagi kostyumbop to‘qimalar ishlab chiqilgan va ularning tuzilish parametrlari olingan namunalarning tahlili asosida aniqlangan;
aralash tarkibli kostyumbop to‘qimalarni yangi assortimenti to‘qimaning tuzilish omillarining: to‘quv o‘rilishing rapporti, rapportdagi qoplanishlar soni va iplarni kesishishlari soni bo‘yicha loyihalashning yangi uslubi ishlab chiqilgan;
to‘qimaning tuzilish ko‘rsatkichlari hamda fizik-mexanik xususiyatlariga o‘rilish rapportidagi qoplanishlar sonini to‘qimaning hususiyatlariga tasir etish qononiyatlari olingan to‘qimalarning namunalar tuzilishini tahlil qilish asosida aniqlangan;
aralash tarikibli to‘qimani tuzilish parametrlarini optimallash va to‘quv dastgohida hosil bo‘lish jarayonida tanda iplarini uzilishini kamaytirish maqsadida yangi o‘rilishli kostyumbop to‘qimalarni to‘quv dastgohida shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarning muqobil parametrlari olinngan ko‘p omilli regression modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aralash xomashyodan yangi o‘rilishli kostyumbop to‘qima yaratish bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
aralash xomashyodan ishlab chiqarilgan yangi o‘rilishli kostyumbop to‘qimalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Uzwoolentex” korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 15-yanvardagi № 02/06-74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aralash xomashyodan yangi o‘rilishli kostyumbop to‘qima ishlab chiqarilgan, to‘qima assortimenti ko‘paygan va sifat ko‘rsatkichlarini 14,4% ga oshirishga erishilgan.