Boytillaev Bobomurod Axmatalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog ’i): “Umumlashgan Abel integral tenglamalarini taqribiy echish uchun optimal formulalar” mavzusidagi 01.01.03 - “Hisoblash matematikasi va diskret matematika” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1181.
Ilmiy rahbar: Hayotov Abdullo Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshkuvatov Zainydin Karimovich, fizika – matematika fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi differensiallanuvchi funksiyalarning Gilbert fazosida optimal kvadratur formulalar qurish, ularni umumlashgan Abel integral tenglamalarini sonli echishda qo‘llash hamda ushbu formulalarning aniqlik darajasini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kuchsiz singulyarlikka ega integrallarni hisoblash uchun fazosida qurilgan sonli integrallash formulasining Riesz elementi topilgan;
Abel integral tenglamalarining fazosida taqribiy echimini hisoblashda qo‘llaniladigan kvadratur formulaning xatolik funksionali normasi hisoblangan;
fazosida Abel integral tenglamalari echimini taqribiy hisoblash uchun optimal formulalar qurish algoritmi ishlab chiqilgan;
umumlashgan Abel integral tenglamalari echimini va fazolarida taqribiy hisoblash uchun ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llab optimal formulalarning koeffisientlari topilgan;
Gilbert fazosidagi funksiyalarning kuchsiz singulyarlikka ega integrallarini hisoblash uchun hosilali optimal kvadratur formula qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Umumlashgan Abel integral tenglamalarini optimal kvadratur formulalar qurish orqali taqribiy echish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Gilbertning fazosida qurilgan optimal kvadratur formula
IL-5321091543 raqamli “Gaz tarmoqlarining topologik modelini yaratish va simulyasiya qilish” mavzusidagi innovatsion loyihasida gaz tarmoqlarining topologik modelini qurishda hosil bo‘ladigan tenglamalarni taqribiy echishda qoʻllanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 20-martdagi 998/05-2–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijaning qo‘llanilishi ma’lum hollarda gaz tarmoqlarining topologik modelini yaratish va simulyasiya qilish imkonini bergan.
Gilbertning fazosida Sobolev metodidan foydalanib qurilgan hosilali optimal kvadratur formula IL-21071166 raqamli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada shamol trubinalari harakatini ifodalovchi matematik model tenglamalarini taqribiy echishda foydalanilgan (O‘RFA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2025-yil 10-sentyabrdagi 1089-3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijaning qo‘llanilishi past tezlikdagi oqimlarni aniqroq simulyasiya qilishga imkon bergan.