Ortikov Vohidjon Bozorboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takomillashgan ikki yarusli plugning qo‘shimcha yumshatkichi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T5436
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03. 
Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Hasanov Ulug‘ Ibrahimovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta ekiladigan dalalarni shudgorlaydigan  yumshatkichli ikki yarusli plugning konstruksiyasi va uning yumshatkichi parametrlarini asoslash orqali dalalarni shudgorlashda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiya ustunli yumshatkich, yuqori va pastgi yarus korpuslaridan tashkil topgan ikki yarusli plugning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni paxta ekiladigan dalalarni talablar darajasida sifatli shudgorlash va kam energiya sarfini ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
yumshatkichning turi va uning parametrlari kam energiya sarf qilgan holda yuqori va pastgi yarus palaxsalarini sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan;
yumshatkich iskanasi tig‘idan oldingi korpus lemexi tig‘igacha bo‘lgan bo‘ylama masofa va uning dala qirrasidan yumshatkichgacha bo‘lgan ko‘ndalang masofa kam energiya sarfini ta’minlaydigan yarim ochiq egat sharoitida yumshatkichni ishlashi shartidan aniqlangan;
keyingi yuqori korpus lemexi tig‘idan yumshatkich iskanasi tig‘igacha bo‘lgan bo‘ylama masofa keyingi yuqori korpus ta’sirida deformatsiyalangan tuproqning zonasi yumshatkichning elementiga etib bormaslik shartidan aniqlangan;
yumshatkichli ikki yarusli plug tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa ishlov berish chuqurligi barqarorligini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takomillashgan ikki yarusli plugning qo‘shimcha yumshatkichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta ekiladigan dalalarni shudgorlaydigan ikki yarusli plugga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 21-iyuldagi 05/04-04-415-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta ekiladigan dalalarni talablar darajasida shudgorlashni amalga oshiradigan, yuqori ish sifatini ta’minlaydigan yumshatkichli ikki yarusli plugning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
paxta ekiladigan dalalarni shudgorlaydigan qo‘shimcha yumshatkichli takomillashgan ikki yarusli plug O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 21-iyuldagi 05/04-04-415-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ishlov berishda yonilg‘i sarfi 10,13 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 10,3 foizga kamaygan;
paxta ekiladigan dalalarini shudgorlaydigan qo‘shimcha yumshatkichli takomillashgan ikki yarusli plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2025-yil 1-apreldagi № 01-26-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta ekiladigan dalalarni  shudgorlaydigan yumshatkichli ikki yarusli plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish