Xojabaev Alisher Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istondagi Xo‘jako‘l koni ganchi va noorganik xomashyolari asosida gipsli devorbop mahsulot tarkiblarini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4325
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usmanov Xikmatula Lutpullaevich, t.f.d. prof. (DSc), Kamilov Xabibilla Xamidovich, t.f.d. prof. (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,  DSc.03/2026.09.01.T.02.M
Rasmiy opponentlar: Adinaev Xidir Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shakirov Tuyg‘unjon Turg‘unovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istondagi Xo‘jako‘l koni ganchi va noorganik xomashyolari asosida gipsli devorbop mahsulotining tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xo‘jako‘l koni ganchi va modifikatsiyalovchi mineral xom ashyolarning kimyoviy va mineralogik tarkiblarini hisobga olgan holda ulardan gipsli devorbop materiallarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
metallurgiya shlaklari bilan fosfogips tarkibini modifikatsiyalash orqali undagi suvda eruvchan 〖PO〗_4^(3-) ionini neytrallashtirishga erishilgan;
Xo‘jako‘l koni ganchiga 700 oS da termik ishlov berib, uning tarkibidagi giltuproqni faollashtirish va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar (5% ohak, 3% suyuq shisha)dan foydalanish hisobiga suv ta’siriga chidamli gipsli devorbop bloklar olishga erishilgan;
ganch va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan foydalangan xolda suv ta’siriga chidamli gipsli devorbop bloklar ishlab chiqarishning texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘istondagi Xo‘jako‘l koni ganchi va noorganik  xomashyolari asosida gipsli devorbop mahsulot tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ganch va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar asosidagi gipsli devorbop bloklarning tarkiblari "NUKUS PRESS BETON STROY" MChJda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi 03-07/01-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada gipsli devorbop bloklarni  seriyali ishlab chiqarishga erishilgan.
ishlab chiqilgan gipsli devorbop namunalarining fizik-mexanik va texnologik xossalari QQDU KISL "Qurilish materiallari" sertifikatlangan laboratoriyasida sinovdan o‘tkazildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi 03-07/01-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha zichligi 900 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamligi 6.3 MPa bo‘lgan gipsli devorbop bloklar ishlab chiqarishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish