Xasanova Gulnoza Ilhom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari” 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1931
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Meliev Xamidilla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01 .
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zaynievna p.f.d. (DSc), professor, Zaripov Lochin Rustamovich p.f.d. (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatini rivojlantirishning oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv mexanizmlariga ko‘ra talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga asoslangan mustaqil o‘quv-bilish faoliyati asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik modeli talabalar faoliyatini interfaol muhitga integratsiyalash strategiyalarini adaptiv-motivatsion bosqichlarda variativligiga ko‘ra qo‘llash, kreativ va innovatsion-amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv-topshiriqlarini murakkablik darajasini kengaytirishga qaratilgan uch bosqichli (tayyorlov, rivojlantiruvchi, yakuniy) didaktik algoritmning kasbiy shakllanish bilan bevosita integrativligini ta’minlash mexanizmlari orqali rivojlantirilgan.
integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmingning didaktik ta’minotini mazmunli, metodik, tashkiliy fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga ko‘ra talabalarning tezkor fikrlash, intensiv tahlil va shaxsiy-ijodiy ko‘nikmalarini barqaror rivojlantiruvchi integrativ mashg‘ulot shakllarni transformatsiya qilish orqali rivojlantirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini integrativ yondashuv mexanizmlari talabalarda tadqiqotchilik va tajribaviy-metodik ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘ra muammoli vazifalarga innovativ xususiyatlar orqali echim topishda pedagogik amaliyot bilan dual ta’limni integrativ identifikatsiyalash asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari amaliyotga quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv mexanizmlariga ko‘ra talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga asoslangan mustaqil o‘quv-bilish faoliyati asosida aniqlashtirishga oid ishlab chiqilgan tavsiyalar Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i hamda ushbu buyruq asosida berilgan 233-221-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning pedagogik qobiliyatlarining hozirgi holatini tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik modeli talabalar faoliyatini interfaol muhitga integratsiyalash strategiyalarini adaptiv-motivatsion bosqichlarda variativligiga ko‘ra qo‘llash, kreativ va innovatsion-amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv-topshiriqlarini murakkablik darajasini kengaytirishga qaratilgan uch bosqichli (tayyorlov, rivojlantiruvchi, yakuniy) didaktik algoritmning kasbiy shakllanish bilan bevosita integrativligini ta’minlash mexanizmlari orqali rivojlantirishga doir takliflar ham mazkur o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-221-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida talabalarning kasbiy-pedagogik va psixologik faoliyatini integrativ yo‘nalishda rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmingning didaktik ta’minotini mazmunli, metodik, tashkiliy fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga ko‘ra talabalarning tezkor fikrlash, intensiv tahlil va shaxsiy-ijodiy ko‘nikmalarini barqaror rivojlantiruvchi integrativ mashg‘ulot shakllarni transformatsiya qilish orqali rivojlantirishga doir tavsiyalar asosida Pedagog-tarbiyachi mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga integrativ yondashuv nomli dasturiy platforma ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan № DGU 23835-raqamli guvohnoma). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish shart-sharoitlari va didaktik tamoyillarini o‘rganish samaradorligi oshdi.
maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik qobiliyatlarini integrativ yondashuv mexanizmlari talabalarda tadqiqotchilik va tajribaviy-metodik ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘ra muammoli vazifalarga innovativ xususiyatlar orqali echim topishda pedagogik amaliyot bilan dual ta’limni integrativ identifikatsiyalash asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-221-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari pedagogik qobiliyatlarini tizimli va kompleks tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirildi.