Xoldorova Gulnoza Husniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alisher Navoiy ijodiga turkigo‘y salaflarining ta’siri”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3772.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Ilyos, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ijodiga turkigo‘y salaflarining ta’sirini ochib berish orqali shoir asarlarida o‘zigacha mavjud adabiy an’analarni rivojlantirganini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ijodi o‘rganilish tarixini zamonaviy milliy va xorijiy tadqiqotlarga tayanib, turkiy adabiyotdagi mavjud tendensiya, an’ana va badiiy obrazlar tasviri Navoiy ijodiy talqinlari, turkiy adabiyotning, xususan, turkigo‘y salaflarning o‘rni, an’ana, yangilik, mahorat masalalari vorisiylik tamoyillari asosida dalillangan;
Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy kabi adiblarning didaktik qarashlari Alisher Navoiy talqinlari bilan uyg‘unligi asoslangan, shoir asarlari syujeti va kompozisiyasining struktural jihatlari, tasvir mutanosibligidagi g‘oyaviy-mazmun hamda shakliy badiiy ifodalari aniqlangan;
Alisher Navoiy axloqiy-ta’limiy talqin va qarashlarining turkigo‘y salaflar ijodi bilan badiiy ifoda, tasvirlar kompozisiyasidagi puxta muqoyasalar, ma’rifiy-irfoniy qarashlar tizimi, uslubiy takomili, badiiy tasvirlarning mushtarak hamda farqli jihatlari ochib berilgan;
Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Atoyi kabi turkigo‘y salaflarning mumtoz badiiyatdagi darajasi va o‘rni, ularning kuchli ta’siri Navoiy adabiy-estetik tafakkurining turkona adabiy an’analar zamirida rivojlanganligi, poetik takomili va betakrorligi tipologik aspekt orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy ijodiga turkigo‘y salaflarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
Alisher Navoiy ijodi o‘rganilish tarixini zamonaviy milliy va xorijiy tadqiqotlarga tayanib, turkiy adabiyotdagi mavjud tendensiya, an’ana va badiiy obrazlar tasviri Navoiy ijodiy talqinlari, turkiy adabiyotning, xususan, turkigo‘y salaflarning o‘rni, an’ana, yangilik, mahorat masalalari vorisiylik tamoyillari asosida dalillangan xulosa va natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/1-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha Alisher Navoiy ijodiga turkigo‘y salaflarning ta’sirini izohlovchi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy kabi adiblarning didaktik qarashlari Alisher Navoiy talqinlari bilan uyg‘unligi asoslangan, shoir asarlari syujeti va kompozisiyasining struktural jihatlari, tasvir mutanosibligidagi g‘oyaviy-mazmun hamda shakliy badiiy ifodalari aniqlangan fikr va mulohazalardan 2018-2020-yillarda PZ – 20170926459 «Navoiyshunoslik tarixi» (XX-XXI asrlar) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-dekabrdagi 01-4177-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha ayrim munozarali jihatlari tarixiy-ilmiy asosga ega ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
Alisher Navoiy axloqiy-ta’limiy talqin va qarashlarining turkigo‘y salaflar ijodi bilan badiiy ifoda, tasvirlar kompozisiyasidagi puxta muqoyasalar, ma’rifiy-irfoniy qarashlar tizimi, uslubiy takomili, badiiy tasvirlarning mushtarak hamda farqli jihatlari ochib berilgan hamda Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Atoyi kabi turkigo‘y salaflarning mumtoz badiiyatdagi darajasi va o‘rni, ularning kuchli ta’siri Navoiy adabiy-estetik tafakkurining turkona adabiy an’analar zamirida rivojlanganligi, poetik takomili va betakrorligi tipologik aspekt orqali isbotlangan masalalarga oid xulosalardan 2024-2025-yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston-24» ijodiy birlashmasi «O‘zbekiston» teleradiokanali tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon», «G‘azal bo‘stoni» kabi dasturlarning ssenariylarini yozishda, eshittirish va teleko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy telereadio-kompaniyasining 2025-yil 15-maydagi 05-09-669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiylik, ommaboplik va mazmuniy ko‘lami ortib, ular asosli dalil va faktlar bilan boyitilgan.