Po‘latova Irodaxon Ilxomjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi tug‘ilish hamda o‘lim tushunchalarini ifodalovchi evfemizmlarning lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6602.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shodiya Azizovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Farrux Haqberdievich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi tug‘ilish hamda o‘lim tushunchalarini ifodalovchi evfemizmlarning leksik-semantik jihatlari, ikki xalq madaniy tafakkuridagi o‘xshash va farqli belgilar asosida ularning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillaridagi tug‘ilish hamda o‘lim tushunchalarini ifodalovchi evfemizmlar tizimli ravishda aniqlanib, evfemizm va unga yondosh bo‘lgan disfemizm, tabu, melliorativ, metafora, o‘xshatish, oksimoron singari lingvistik hodisalar orqali tilning yumshatish, salbiy ta’sirni kuchaytirish, kamsitish yoki axloqiy va madaniy me’yorlarga moslashishga qaratilgan funksional-semantik xususiyatlari lingvomadaniy yondashuv asosida ochib berilgan;
har ikki til evfemizmlaridagi mavjud o‘xshash va farqli jihatlari ingliz tilida tug‘ilish bilan bog‘liq blessed with life – homiladorlik, onalik ne’mati, chosen by the heavens – yangi hayotning ilohiy inoyati; o‘lim bilan bog‘liq “to meet one’s Maker” yaratganga qaytish, departed this life – hayotdan ko‘z yummoq (hayotdan ketmoq); o‘zbek tilidagi farzand ne’mati bilan siylanmoq, yorug‘ dunyoga kelmoq; o‘lim haqidagi boqiy dunyoga rihlat etmoq, omonatini topshirmoq singari evfemik birliklarning madaniy-ijtimoiy determinantlashgan va pragmatik funksiyalari lingvomadaniy nuqtayi nazardan ochib berilgan;
tug‘ilish va o‘lim tushunchasini ifodalovchi evfemizmlar xalqning diniy va falsafiy tafakkuri, madaniy qadriyatlari va ijtimoiy-ma’naviy idroki hamda boyliklari bilan aloqador ekanligi ko‘zi yorimoq, farzand ato qilmoq, a bearer is a journey, join the family; jon taslim qilmoq, omonatini topshirmoq; meet one’s maker, rest in peace kabi frazeologik birliklar tahlili vositasida asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollarda qo‘llanilgan o‘lim va tug‘ilish mavzusidagi evfemik birliklarning emotsional ta’sirchanlikni hamda milliy tafakkurni ifodalovchi lingvomadaniy vosita sifatidagi xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, o‘zbek tilidagi maqollarda mazkur birliklarning axloqiy-didaktik va ma’naviy qadriyatlarga tayanib shakllanishi, ingliz tilidagi maqollarda esa metaforik, idiomatik va falsafiy ifoda vositalari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy dalillar asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida tug‘ilish va o‘lim tushunchalarini ifodalovchi evfemizmlarning lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbek va ingliz tillaridagi tug‘ilish hamda o‘lim tushunchalarini ifodalovchi evfemizmlar tizimli ravishda aniqlanib, evfemizm va unga yondosh bo‘lgan disfemizm, tabu, melliorativ, metafora, o‘xshatish, oksimoron singari lingvistik hodisalar orqali tilning yumshatish, salbiy ta’sirni kuchaytirish, kamsitish yoki axloqiy va madaniy me’yorlarga moslashishga qaratilgan funksional-semantik xususiyatlari lingvomadaniy yondashuv asosida ochib berilganligiga doir xulosalardan 2023-2024-yillarda bajarilgan IZ-2019081663 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan( Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi 01/4-4728-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratishda tug‘ilish va o‘lim mavzusidagi evfemizmlarning shakllanish mexanizmlari asosida korpusga kiritilayotgan matnlarning semantik jihatdan tahlil qilinishi, evfemik birliklarning kontekstual yuki aniqlanishi, ularning stilistik va pragmatik funksiyalarini belgilash imkoniyati vujudga keldi. Xususan, o‘zbek tilidagi tug‘ilish evfemizmlari hisoblangan ko‘zi yorimoq, farzand ato qilmoq;o‘lim mavzusidagi jon taslim qilmoq, omonatini topshirmoq kabi evfemik birliklar yordamida Alisher Navoiy dostonlaridagi hayot jarayoni bilan bog‘liq poetik strukturalar aniqlandi.
o‘zbek tilidagi maqollarda o‘lim-tug‘ilish mavzusi axloqiy-didaktik hamda ma’naviy qadriyatlar asosida qurilishi, ingliz tilidagi maqollarda metaforik, idiomatik va falsafiy birliklar orqali ifodalanishi, evfemizmlarning maqollarda qo‘llanishi emotsional ta’sirchanlikni va milliy tafakkurni namoyon qiluvchi muhim til birligi ekanligi; har ikki til evfemizmlaridagi mavjud o‘xshashlik va farqlilik ya’ni ingliz tilida tug‘ilish bilan bog‘liq blessed with life – homiladorlik, onalik ne’mati, chosen by the heavens – yangi hayotning ilohiy inoyati; o‘lim bilan bog‘liq “to meet one’s Maker” yaratganga qaytish, departed this life – hayotdan ko‘z yummoq (hayotdan ketmoq); o‘zbek tilidagi farzand ne’mati bilan siylanmoq, yorug‘ dunyoga kelmoq; o‘lim haqidagi boqiy dunyoga rihlat etmoq, omonatini topshirmoq singari evfemik birliklarning madaniy va pragmatik funksiyalari lingvomadaniy nuqtayi nazardan ochib berilganligiga doir xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 16-iyundagi 26-36-1010-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilishiga erishilgan;
tug‘ilish va o‘lim tushunchasini ifodalovchi ko‘zi yorimoq, farzand ato qilmoq, a bearer is a journey, join the family; jon taslim qilmoq, omonatini topshirmoq meet one’s maker, rest in peace kabi evfemizmlar ularning milliy tafakkur, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy ong bilan aloqador xususiyatlari aniqlanganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali”da o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlarida muloqot jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 5-iyundagi 153-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilariga ilmiy dalillarga asoslangan fikr-mulohazalar berilib, ular muloqotdagi yumshatish samaradorligini oshirish imkoniyati uchun xizmat qilgan.