Nasirova Zarina Munirovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1167
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyatini rivojlantirish texnologiyasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogik oliy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik bo‘lajak o‘qituvchilarni tashxislash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning refleksiv fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish kompetensiyalarini kasbiy amaliy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikasiga mavzularga mos ketma-ket adaptatsiyalash asosida ochib berilgan;
talabalarni tashxislash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik modeli kompetensiyaviy yondashuvga yo‘nalgan diognostika va kasbiy kreativlik kategoriyasini kasbiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimi o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslangan impulsini bir-birini to‘ldiruvchi kognitiv aloqadorlik shaklidagi dizaynlash orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyatini rivojlantirishning metodik tizimii pedagogik faoliyatga individual moslashuv sharoitida kasbiy rivojlanishni prognostik tahlil orqali baholovchi diagnostik mezonlarini o‘quv-ta’limiy resurslariga faollashtiruvchi tahlil vositalarini davriy nazorat va solishtirma baholash jarayonlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tashxislash faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi individual ta’lim dasturiga asoslangan “fikr va mantiq”, “tasavvur qil”, “menimcha” “simulyasion diognostika” “intelekt va prognoz” kabi pedagogik mashqlarni dual ta’lim sikliga kundalik amaliy faoliyatni dizaynlashga ko‘ra integrativ kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyati texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tashxislash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning refleksiv fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish kompetensiyalarini kasbiy amaliy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikasiga mavzularga mos ketma-ket adaptatsiyalash asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2021-2022 yillarda bajarilgan OT-F-1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 24-dekabrdagi 02-07-4200/04-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetentligini takomillashtirishga va talabalar orasida ma’naviy begonalashuvning oldini olishga xizmat qilgan;
talabalarni tashxislash faoliyatini rivojlantirishning pedagogik modeli kompetensiyaviy yondashuvga yo‘nalgan diognostika va kasbiy kreativlik kategoriyasini kasbiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimi o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslangan impulsini bir-birini to‘ldiruvchi kognitiv aloqadorlik shaklidagi dizaynlash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Obshhaya pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 359-150 raqamli ruxsatnoma). Natijada talabalarning diagnostik faoliyatini takomillashtirishga oid pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, fan dasturlarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan talabalarni tanishtirishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyatini rivojlantirishning metodik tizimii pedagogik faoliyatga individual moslashuv sharoitida kasbiy rivojlanishni prognostik tahlil orqali baholovchi diagnostik mezonlarini o‘quv-ta’limiy resurslariga faollashtiruvchi tahlil vositalarini davriy nazorat va solishtirma baholash jarayonlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Obshaya pedagogika” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 857136 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyati texnologiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.
talabalarning tashxislash faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi individual ta’lim dasturiga asoslangan “fikr va mantiq”, “tasavvur qil”, “menimcha” “simulyasion diognostika” “intelekt va prognoz” kabi pedagogik mashqlarni dual ta’lim sikliga kundalik amaliy faoliyatni dizaynlashga ko‘ra integrativ kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Umumiy pedagogika” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 857136 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning tashxislash faoliyati texnologiyalarini sifati va samaradorligi mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.