Baltaev Umid Rustamovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Ped2610 
Ilmiy rahbar: Rajabov To‘xtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), 
IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor;  Qiyamov Nishon Sadikovich pedagogika  fanlari doktori (DSc) professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchilarini maqom, cholg‘u, kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash metodikasini takomillashtirining dolzarbligi maqom san’ati hamda xalq merosining pnevmatik (ruhiy) va semantik mazmunini qiyosiy-germenevtik tahlil qilish, badiiy tafakkurni shakllantirishning innovatsion-pedagogik determinantlarini qiyosiy tahlil qilish orqali ilmiy asoslangan; 
o‘quvchilarni maqom kuy va ashulalari vositasida tarbiyalashning didaktik mazmuni shaxsning ijtimoiy-madaniy identifikatsiyasini ta’minlovchi cholg‘u ijrochiligini milliy-ma’naviy qadriyatlar retranslatsiyasi sifatida talqin qilish, badiiy his-tuyg‘ularni estetik-sezuvchanlik darajada rivojlantirish va musiqiy tafakkurni evristik xarakterga yo‘naltirish mexanizmi orqali takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchilarini xalq musiqiy merosi vositasida klassik maqomlar “Buzruk”  “Rost”, “Navo”, Dugoh”, “Segoh”,Iroq” kabi kuy-qo‘shiqlarning semantik mazmunini ansambl mashg‘ulotlari, kreativ loyihalar va ilmiy-amaliy platformalar bilan integratsiyalash, o‘quvchining emotsional-perseptiv reaksiyasi, refleksiv-analitik tafakkuri o‘rtasidagi dinamik uyg‘unlikni ta'minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni maqom, cholg‘u, kuy va ashullalari vositasida tarbiyalashning mezoni moslashuvchanlik, variativlilik, qat'iyatlilik, metakognitivlik, optimal echimlarni tanlashning didaktik imkoniyati maqom va kuylarni tinglash, ularning ohangi, ritmi va turli kuy va maqomlarni solishtirish, his-tuyg‘ularga asoslangan holda o‘zida ishonch hissini hosil qilish kabi mexanizmlarni ijro xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari  o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash mexanizmini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlar hamda musiqiy-pedagogik faoliyatda qo‘llagan metodik yondashuvlar, qarashlar pedagogik tizim komponentlari musiqiy-pedagogik faoliyatning maqsadi va mazmuni, qo‘llanilgan shakl va vositalar, pedagogik shart-sharoitlarga doir takliflardan “30211202-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)” hamda “30211306 - an’anaviy cholg‘u ijrochiligi ta’lim yo‘nalishlarining “An’anaviy Xonandalik” fanlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2025-yil 13 - yanvardagi 02-12-17-198–son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari  o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash metodikasini  takomillashtirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari  o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida  tarbiyalashda musiqiy-pedagogik meros va zamonaviy pedagogik nazariyalar o‘rtasidagi umumiy xususiyatlarga oid tavsiyalar “Maqom yakka xonandaligi” fanidan o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 9-sentybrdagi 302-sonli  ma’lumotnomasi)  Natijada,  o‘quvchilarni maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida  tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, uni tanlash prinsiplari, omillari, kognitiv, shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvining ssenariysiga kiritilgan va maqsadli foydalanilgan holda davra suhbati tashkil etilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabrdagi 1093-ma’lumotnomasi).  Natijada, suhbat jarayoni yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risidagi qarashlardan unumli foydalanilgan. 
ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari  o‘quvchilarini maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida tarbiyalash o‘quvchilarda emotsional-labilizatsiyani keltirib chiqarishni o‘z tarkibiga oluvchi didaktik shart-sharoitlarni zamonaviy yondashuv tamoyillariga asoslangan metodologik ish shakllarini rekursiv mexanizm sifatida amaliyotda foydalanishga doir tavsiyalardan “OT-F1-002 Yoshlarda milliy g‘oya va mavkuraviy immunitetni shakillantirishning psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 6-yanvardagi 01-04/61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni maqom cholg‘u kuy va ashullalari vositasida  tarbiyalashning mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish