Qobilqoriev Qudratilla Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9251.
Ilmiy rahbar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
doyra ijrochiligi malakalarining didaktik imkoniyatlari kreativ ritmik mashqlar asosida talabalarning ijrochilik malakasini formativ rivojlantirish, individuallik, ansambl, orkestr, kichik guruh hamda jamoaviy ijrochilik kompetensiyalarini musiqiy ta’lim jarayoniga intensional singdirish orqali kasbiy va pedagogik komponentlarni konseptual takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi talabalarda ijrochilik ko‘nikmasini rivojlantirishda doyra cholg‘usi vositasida ansambl boshqaruvi, ijroda rez, improvizatsion ijro hamda teskari zarblarni doyra ijrochiligi amaliyotiga funksional qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi metodik malakalari doyra nota tizimidagi yuqori va pastki qo‘l zarb usullariga ijro jarayonida poliritmiyani qo‘llash orqali ritmik kontrast hosil qilgan holda musiqiy asarning badiiy mazmunini boyitishda agogik yondashuvni integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
    doyra ijrochiligi malakalarining semantik mazmunini ifodalashda doyra nota tizimida ilk bor “yuqori va pastki qo‘l” izohlanishi asnosida, musiqiy ta’lim jarayonida asarni mentorlik 
(ustoz-shogird an’anasi) tizimiga tayangan holda effektiv o‘zlashtirish, musiqiy didni intensiv, perkussiya cholg‘ulari ijrochiligi vositasida rivojlantirishning samaradorligini kompleks aniqlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasini aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
    doyra ijrochiligi malakalarining didaktik imkoniyatlari kreativ ritmik mashqlar asosida talabalarning ijrochilik malakasini formativ rivojlantirish, individuallik, ansambl, orkestr, kichik guruh hamda jamoaviy ijrochilik kompetensiyalarini musiqiy ta’lim jarayoniga intensional singdirish orqali kasbiy va pedagogik komponentlarni konseptual takomillashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Cholg‘u jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan;
    bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi talabalarda ijrochilik ko‘nikmasini rivojlantirishda doyra cholg‘usi vositasida ansambl boshqaruvi, ijroda rez, improvizatsion ijro hamda teskari zarblarni doyra ijrochiligi amaliyotiga funksional qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflar asosida “Virtual madaniyat markazi” loyihasi https://virtualmadaniyat.uz/videokurslar/ tarkibiga kiruvchi doyra ijrochiligini o‘zlashtirishga doir 7 ta namunaviy onlayn video dars mashg‘ulotlari tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi 02-12-15-869-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish orqali individual rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi metodik malakalari doyra nota tizimidagi yuqori va pastki qo‘l zarb usullariga ijro jarayonida poliritmiyani qo‘llash orqali ritmik kontrast hosil qilgan holda musiqiy asarning badiiy mazmunini boyitishda agogik yondashuvni integratsiya qilish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Cholg‘u jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi eksperimental taqqoslash va uning samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
    doyra ijrochiligi malakalarining semantik mazmunini ifodalashda doyra nota tizimida ilk bor “yuqori va pastki qo‘l” izohlanishi asnosida, musiqiy ta’lim jarayonida asarni mentorlik 
(ustoz-shogird an’anasi) tizimiga tayangan holda effektiv o‘zlashtirish, musiqiy didni intensiv, perkussiya cholg‘ulari ijrochiligi vositasida rivojlantirishning samaradorligini kompleks aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini o‘stirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 31-yanvardagi 11-05-679/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlar, badiiy-estetik didni rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish