Maxmudjonov Asrorjon Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): O‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan kuchli motivatsiyasini oshirishda oila, maxalla, maktab hamkorligi mexanizmini takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4. PhD/Red.1915
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar:
Artikova Muhayyoxon Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor.
Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi mexanizmini takomillashtirish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
xalq pedagogikasi, odob-axloqning oilaviy tarbiya va qadriyatlar tizimini shakllantirish sohasidagi yutuqlari hamda tajribasini o‘rganish asosida o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiriuvchi ta’lim resurslari kombinatsiyasini didaktik maqsadga muvofiq qo‘llashning optimal tuzilmasi anqilashtirilgan;
o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resusrslaridan foydalanishning ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq baholanish dinamikasi aniqlashtirilgan;
oila, mahalla, maktab hamkorligini ta’minlash natijasida o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini tarkib topganligini aniqlash mezonlari ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va ijobiy hissiy yo‘nalganlik darajasining pedagogik ta’sir usullari asosida takomillashtirtilgan;
o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi hamda ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlashning zamonaviy imkoniyatlarini tavsiflash, ota-onalarning ma’naviy-axloqiy savodxonliklarini samarali rivojlantirish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalq pedagogikasi, odob-axloqning oilaviy tarbiya va qadriyatlar tizimini shakllantirish sohasidagi yutuqlari hamda tajribasini o‘rganish asosida o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiriuvchi ta’lim resurslari kombinatsiyasini didaktik maqsadga muvofiq qo‘llashning optimal tuzilmasiga doir taklif va tavsiyalari “O‘quvchilarda ta’lim olish motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-may kunidagi 166-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada xalq pedagogikasi, odob-axloqning oilaviy tarbiya va qadriyatlar tizimini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari oshgan;
o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resusrslaridan foydalanishning ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq baholanish dinamikasiga doir taklif va tavsiyalardan “O‘quvchilarda ta’lim olish motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-may kunidagi 166-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi mexanizmi ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlash imkoniyatri ortgan;
oila, mahalla, maktab hamkorligini ta’minlash natijasida o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini tarkib topganligini aniqlash mezonlari ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va ijobiy hissiy yo‘nalganlik darajasining pedagogik ta’sir usullariga doir takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Oydin hayot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 28-iyuldagi 02-13-1157-son ma’lumotnomasi) Natijada oila, mahalla, maktab hamkorligini ta’minlashda ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini tarkib topganligini aniqlash mezonlari ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va ijobiy hissiy yo‘nalganlik darajasining pedagogik ta’siri asoslangan;
o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi hamda ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlashning zamonaviy imkoniyatlarini tavsiflash, ota-onalarning ma’naviy-axloqiy savodxonliklarini samarali rivojlantirishga doir takliflari “Assalom, O‘zbekiston!”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 28-iyuldagi 02-13-1157-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi hamda ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlashning zamonaviy imkoniyatlari ortgan.