Marupov Djaxongir Abdumavlonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut daraxti barglarida malon dial`degidi miqdorini tadqiq etish va uning tut ipak qurti (Bombyx mori L.) xo‘jalik-qiymatli belgilari bilan o‘zaro bog‘liqligi”, 06.02.04 - Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №11657.
Ilmiy rahbar: Salimdjanov Sangindjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston Respublikasi ipakchilik ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.08.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; To‘ychiev Jalolidin Sharofiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqbolli tut navlari genotiplari hamda tut ipak qurti zotlarining sifat va miqdoriy xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, tut ipak qurtining biologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan tut barglarining biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Tojikiston sharoitida ipakchilik sohasida yangi biokimyoviy usullar joriy etilgan va tut ipak qurti pilla mahsuldorligiga biokimyoviy moddalarning ta’sir chegaralari aniqlangan; 
tadqiqotlar natijasida tut barglarida lipidlarning perekisli oksidlanish darajasi, ya’ni malon dial`degidi miqdori aniqlangan; 
tut daraxtining Sugdiyon-1 duragayida malon dial`degidi miqdori 40,87 mkmol`/g, Sugdiyon-2 duragayida 35,30 mkmol`/g, Xasak navida esa 30,55 mkmol`/g ekanligi isbotlangan;
Sugdiyon-1 tut duragayida oqsil miqdori 26,52 %, Sugdiyon-2 duragayida 25,21 %, Xasak navida esa 18,71 % ni tashkil etgan, bu esa ushbu duragaylarni respublika ipakchiligi sharoitida samarali ekanligini ko‘rsatadi;
tut barglarida malon dial`degidi miqdori bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar olingan hamda ushbu ko‘rsatkichning tut ipak qurti lichinkalari mahsuldorligi va ipak bezlarida oqsil biosintezi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut barglaridagi malon dial`degidi miqdori va uning tut ipak qurtining iqtisodiy jihatdan foydali xususiyatlari bilan bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tut daraxtining «Sugdiyon-1» va «Sugdiyon-2» navlarining urug‘laridan 10 kg miqdorda olinib, «Pillai Tochik» OAJ tasarrufidagi ipakchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 2025 yil 8 oktyabrdagi №1/586-son ma’lumotnomasi). Natijada «Sugdiyon-1» va «Sugdiyon-2» duragay urug‘larining unuvchanligi 75,0–80,0 % ni tashkil etdi. 1 kg urug‘dan 393600 dona ko‘chat etishtirilgan, iqtisodiy samaradorlik 166400 somonini, rentabellik darajasi esa 18,2 % ni tashkil qilgan; 
Xo‘jand shahrida joylashgan «Pillai Ganchi» DAJ va «Vt-Silk» QK MChJ ipakchilik xo‘jaliklarida tut ipakqurtining B-1×R-1 duragayidan 100 quti ishlab chiqarishga joriy etilgan (Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 2025 yil 8 oktyabrdagi №1/586-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jaliklarda 4 000 kg sifatli pilla olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqa xo‘jaliklarga nisbatan 7,5 kg ga yuqori bo‘lgan. Hudud bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik 100 quti hisobida 3750 somonini, rentabellik darajasi esa 24,0 % ni tashkil qilgan; 
Respublika ipakchilik ilmiy-tadqiqot markazida R13 zotli tut ipak qurtidan 1 quti joriy etilgan hamda «Sugdiyon-1» va «Sugdiyon-2» tut barglarining biokimyoviy tahlil natijalari olingan (Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 2025 yil 8 oktyabrdagi №1/586-son ma’lumotnomasi). Natijada pilla hosili 7,2 kgga oshirildi. Shartli iqtisodiy samara 4800 somonini, rentabellik darajasi esa 24,0 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish