Islomova Ozoda Payzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘zilar kolibakteriozida probiotiklarni organizm immun tizimiga ta’siri”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi,  mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V191
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Ilhom Xayitovich, Veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mengliev G‘ayrat Akramovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samargand davlat tibbiyot universiteti huziridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning ayrim hududlaridagi kolibakteriozga chalingan qo‘zilarda probiotiklarning immun tizimga ta’sirini klinik, gematologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish hamda veterinariya amaliyotida qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kolibakteriozning yuqori darajada uchrashi 1-15 kunlik qo‘zilarda bahor mavsumiga to‘g‘ri kelib, asosan gipersekretor diareya (79,7 %), o‘tkir degidratatsya (58,7 %) hamda 15,5 % holatlarda o‘lim bilan nomoyon bo‘lishi aniqlangan;
qo‘zilarda kolibakterioz gemorragik enterit, jigar to‘qimasida distrofiya va giperemiya, yurak va taloqda degenerativ o‘zgarishlar, limfa tugunlarida shish kabi patologoanatomik o‘zgarishlar bilan kechishi  ilmiy asoslangan;
ilk marotaba qo‘zilar kolibakteriozida antibiotik, xorijiy va mahalliy probiotiklarning nomaxsus immun mexanizmlarini faollashtirishdagi roli kompleks baholanib, “Maxlac” probiotigi fagotsitar indeksni 8,5%, bakterisid faolligi 15,5%, lizotsiim faolligini 9,5 foizga oshirib, immun tizimni rag‘batlantiruvchi eng samarali vosita ekanligi ilmiy asoslangan;
qo‘zilar kolibakteriozini davolashda enrofloksastin 10% va Maxlac/DW probiotigini birgalikda qo‘llanilishi leykotsitlar sonini, limfotsitlar va neytrofillar ulushini me’yorlar darajasida yaxshilovchi ta’sirga ega ekanlgi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘zilar kolibakteriozida probiotiklarni organizim immun tizimiga ta’sirini o‘rganish asosida:
Qo‘zilarni parvarishlash va ularda uchraydigan enterobakteriozlarga qarshi kurash» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati Nurobod tumani “Oq uchar tulpor” fermer xo‘jaligi, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani “Yangi asr” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 17-noyabrdagi 02/23-849-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘ychilik xo‘jaliklariga joriy etish orqali qo‘zilarni sog‘lom parvarishlash va kolibakteriozni kamaytirishga erishilgan.
Respublikamizning qo‘ychilik fermer xo‘jaliklarida kolibakteriozni klinik, patologoanatomik tekshirish va qo‘zg‘atuvchini labaratoriya sharoitida identifikatsiyalash orqali boshqa enterobakteriyalardan differensatsiyalash usullari takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 17-noyabrdagi 02/23-849 ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylar kolibakteriozini identifikatsiyalash orqali boshqa shartli patogen ichak infeksiyalaridan tezkor va ishonchli qiyosiy tashxislashga erishilgan.
Qo‘zilar kolibakterioziga qarshi kurashishda dastlabki 3–4 kun davomida enrofloksatsin 10% (5 mg/kg) qo‘llanishi va so‘ngra 14 kun davomida Maxlac/DW probiotigini (0,03 g/L) berish usuli joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-noyabrdagi 02/23-849-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘zilarni kolibakterioziga qarshi immunitetning maxsus va nomaxsus himoya mehanizmlarini mustahkamlanishiga hamda kasallanishni kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish